пятница, мая 11

Mashhurlik sabablari | Forex bu nima?

Bugungi kunda jahon valyuta bozori FOREX (Foreign Exchange Market — FOREX) pul investitsiya qilishning e`ng daromadli yo’nalishlaridan biridir.

     FOREX an’anaviy «bozor» so’zi ma’nosini ifodalamaydi. U fond birjasi kabi aniq savdo qilish joyiga e’ga emas. Savdo bir vaqtning o’zida butun dunyo buylab yuzlab banklarda telefon yoki kompyuter terminallari orqali bajariladi. Har bir soat kamarida(Sidney, Tokio, Gonkong, Frankfurt, London, Nyu-York va boshq.) dilerlar borligi sababli, bozor kuniga 24 soat ishlaydi, va valyuta ayriboshlash butun ish haftasi davomida to’xtamaydi.

Mashhurlikning asosiy sabablari.


Butun dunyo investorlari va moliya olibsotarlari orasida mashhurlikining e’ng asosiy sabalari kuyidagilar:

1. Likvidlik. Aktiv sifatida pul va faqat pul ishlatiladigan bozor mumkin bo’lgan e’ng yuqori likvidlikka e’ga. Yuqori likvidlik har bir investor uchun juda katta tortish kuchidir, chunki bu unga xoxlagan hajmdagi bitimlarni ochish va yopish e’rkinligini beradi. FOREX kunlik savdo hajmi 3-4 trillion dollarga teng, taqqoslash uchun - qimmatbaho qog’ozlar(Aktsiya) bozorida kunlik hajm taxminan 500 milliard dollarni tashkil qiladi.
2. Tezkorlik. 24-soatlik ish tartibi tufayli FOREX bozori qatnashchilari boshqa bozorlarda kabi biror voqea yoki yangilikga o’z javobini berish uchun kutishi shart e’mas.
3. Bahosi. FOREX bozori odatda bitim tuzish uchun hech qanday pul olmaydi, albatta odatiy talab(bid) va taklif(ask) narxlari orasidagi farqdan(spred) tashqari.
4. Kotirovkalar birxilligi. Bozorning yuqori likvidligi tufayli chegaralanmagan lot sotish yagona bozor narhida bajarilishi mumkin. Bu bir vaqtning o’zida va ma’lum narxda faqat chegaralangan bitimlar sotila oladigan - fyuchers va boshqa fond investitsiyalarida kabi turg’un bo’lmaslik muammosini chetlab o’tishga imkoniyat yaratadi.
5. Marja o’lchami. FOREX bozorida kredit yelka(marja) o’lchami faqat mijoz va uni bozorga chiqishini ta’minlaydigan bank yoki brokerlik firmasi kelishuvi orqali belgilanadi, va u odatda 1:100 ni tashkil qiladi. Ya’ni, 1000 dollar garovga qo’yib, mijoz 100 ming dollarga teng bitimlar bajarishi mumkin. Bunday katta kredit «yelka»larini ishlatish, kotirovkalarning kuchli o’zgarishi bilan birgalikda, bu bozorni yuqori-daromadli qiladi, lekin yuqori-hatarli ham.

 Forex bozorining tasnifi.

FOREX bozorini bir nechta sifati orqali tasniflash mumkin:
1. Amaliyot turiga qarab. Masalan, konversion amaliyotlari dunyo bozori mavjud(unda AKSh dollari/yapon yenasi yoki AKSh dollari/ kanada dollari kabi konversion amaliyotlar bozorlarini aytib utish mumkin)

2. Hududlarga qarashliligi bo’yicha. Halqaro valyuta bozori(FOREX) e’ng yangi informatsion texnologiyalar orqali regional valyuta bozorlari bilan aloqa qilib turuvchi sistemadan iborat. Regional valyuta bozorlarining e’ng muhimlari quyidagilar Osiyo(Tokio, Singapur, Gonkong), Evropa(London, Frankfurt, Tsyurix) va Amerika(Nyu-York, Chikago, Los-Andjeles) bozorlari. Jahon regional valyuta bozorlarining har hil soat kamarlarida joylashganligi uchun, u butun kun davomida to’xtovsiz 24 soat ishlaydi, deyishimiz mumkin. U o’z ishini Uzoq Sharq, Yangi Zelandiya(Vellington)da boshlaydi, ketma-ket Sidney, Tokio, Gonkong, Singapur, Moskva, Frankfurt, London soat kamarlaridan o’tadi va Nyu-York va Los-Andjelesda kunni tugatadi.
Va albatta twitterda bizni follow qiling va soatlik yangilik va strategiyalarimizni kuzatib boring.
P.S. Xar bir yozib qoldiradigan izoh va sharhlaringiz uchun katta rahmat! Yozing albatta javob yozamiz. Sizga Omad tilab Forex Uz jamoasi treyderlari.
Forex Uz ni follow qiling