понедельник, августа 20

4H Fibo + MTF MA | Forex Strategiyasi


Salom, bugun sizning e'tiboringizga yangi strategiya xavola qilamiz, bu strategiyaning avzalliklari judayam ko'p. Iltimos sharhlar qoldiring, savollaringiz bo'lsa yozib qoldiring blogimizda. Blogdagi barcha videolar TAS-IX da bo'ladi.
Biz albatta sizning sharhlaringizni kutib qolamiz!
Biz twitterda: @forex_uz va magentda faqat broker tanlashda va real xisob ochishda yordam olish uchun uz-forex@mail.ru

4H Fibo + MA Forex Strategiyasi o’zini barcha valyuta juftliklarida 4 Soatlik(H4) vaqt davrida savdo qilganda yahshi foydali strategiya ekanligini ko’rsatgan. Bu strategiyada faqat bitta indikator – MTF Moving Average (bu indikator xozirgi kunning trendini bilishda yordam beradi) va treyderning eng foydali ish qurollaridan biri Fibonachchi ishlatiladi.

MTF Moving Average indikatorining tuzilmalari quyidagilar: 
TimeFrame – 1440, MAPeriod – 50, Shift - 0, Method – 1, Price - 0. Bularning barchasi tayyor shablonda(maqola oxiriga qarang va indikator va tayyor shablonni ko’chirib oling va MetaTrader4 dasturiga o’rnating) tuzilib qo’yilgan siz uchun, ularni o’zgartirish yoki sozlash shart emas.

4H Fibo + MTF MA Strategiyasining mag’zi quyidagidan iborat:

1) Tanlangan valyuta juftligida Fibonachchi bo’yicha 38.2% ga xali bormagan oxirgi ko’tariluvchi yoki tushuvchi trendni topamiz.

2) Shu trendning(yurishning) ekstremumlari(maksimum va minimumlari) bo’yicha Fibonachchi tortamiz.

3) Bizni faqat 2 ta muhim sathlar qiziqtiradi bu 38,2% va 61,8% Fibonachchi, tog’rirog’i shu sathlardan o’tuvchi narhlar.

4) Agar bozor pastga yo’nalgan bo’lsa, unda biz 2 ta kechiktirilgan bitim tuzamiz(Sotishga):
•    Sell Limit 38,2 % Fibonachchi sathi bo’yicha, stop-loss esa 61,8% sathdan narirog’da qo’yamiz.
•    Sell Limit 61,8% Fibonachchi sathi bo’yicha, stop-loss esa 100 punkt narida qo’yamiz.
Sotib olish uchun esa(Agar bozor tepaga yo’nalgan bo’lsa) Buy Limit bitimlari qo’yamiz, xuddi shu Fibonachchi sathlari bo’yicha va xuddi shunday stop-losslar bilan.


5) Hamma vaqt MTF Moving Average indikatoriga qarang va faqat kunlik trendning yo’nalishi bo’yicha bitim tuzing(indikator shuni ko’rsatadi, agar narh indikatordan pastda bo’lsa trend pastga yo’nalgan; tepada bo’lsa unda trend tepaga yo’nalgan)

Agar siz tavakkal qilib trendga qarshi bitim ochgan bo’lsangiz unda Take Profit laringizni kichik qilib qo’ying va iloji boricha tezroq zararsiz xolatga(bitim ochilgan narhga) o’tkazing.

Ammo trend bo’yicha savdo qilish maqsadga muvofiq!
 
6) Bitimni yopish uchun esa biz treyling stop dan foydalanamiz. Treyling stopni 75 pips (punkt) qilib qo’ying, volotilliki katta valyuta juftliglariga esa 100 pips (punkt) qilib qo’ying. Treyling stopni qo’yish uchun siz bitim ochilganidan keyin, bitimning ustidan sichqonchani o’ng tugmasini bosib «Трейлинг стоп» ustiga o’tib “75 пунктов” ni bosing.
4H Fibo + MTF MA Forex Strategiyasi | Forex Uz
Bitimni faqat stop-loss bo’yicha yoki treyling stop b’o’yicha yopish mumkin. Lekin agar xoxlasangiz muxim qarshilik yoki qo’llab quvvatlash sathlarida ham berkitishingiz mumkin. Masalan, bitimlaringizning ma’lum bir qismini Fibonachchi 0 sathiga kelganda yopishingiz mumkin.
Kerakli fayllarni mana bu ssilkalardan olishingiz mumkin:
Bizni twitterda kuzating, va xar soat kerakli yanigliklar, forex signallari va strategiyalaridan xabardor bo'lib turing. 

Agar bizning blogimiz orqali eng ishonchli brokerda ro'yhatdan o'tsangiz doimiy eng foydali forex strategiyalari, kunlik va xaftalik texnik va fundamental analizlar, MetaTrader 4 dasturining 1000 dan ortiq indikatorlaridan iborat xar bir treyder uchun zarur ma'lumotlarni olib turishingiz mumkin! BUnday imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Bir oz fursatdan keyin blogimiz pullik bo'ladi, ro'yhatdan o'tganlarga bepul! 
Broker tanlashda yordam uchun va real xisob raqam ochish uchun, pullarni qanday kiritish va olish uchun uz-forex@mail.ru ga magentda murojaat qiling va so'rang. Sog' bo'ling! Ro'yhatdan o'tish uchun pastdagi rasmga bosing.

Forex Uz ni follow qiling

четверг, августа 9

SMA108 | Forex Strategiyasi

Salom xurmatli bizning blog o’quvchilari va albatta bizning ID orqali ro’yhatdan o’tayotgan treyderlar! Biz O’zbekiston treyderlariga va endigina forex dunyosiga qadam bosayotgan do’stlarimiz uchun yana bir ajoyib forex strategiyasi tayyorlab qo’ydik! Forex Uz – Uzbekistan jamoasi sizni oldindan kirib kelayotgan mustaqilligimizning 21 yillik bayrami bilan chin qalbidan tabriklaydi! Davlatimiz va prezidentimizga bizga berayotgan biznes va oily ta’lim yo’nalishlaridagi imkoniyatlaridan minnatdormiz! Shu yillar mobaynida bizning mamlakatmizda ko’plab ijobiy va juda katta turmush tarzini yahshilashga qaratilgan ishlar bo’lib o’tdi. Bayramingiz bilan aziz vatandoshlar!
Biz albatta sizning sharhlaringizni kutib qolamiz!! :-)
Biz twitterda: @forex_uz va magentda faqat broker tanlashda va real xisob ochishda yordam olish uchun uz-forex@mail.ru
Shuni aytib o'tish kerak: Bu Forex strategiyasi judayam tavakkali kuchli bo'lib, agar depositingizda kam miqdorda mablag' bo'lsa ishlatish tavsiya qilinmaydi.

Demak, quyidagi forex strategiyasi – SMA108 deb nomlanadi, SMA degani Simple Moving Average va 108 uning ko’rsatkichidir. Esingizdami LOST- seriali, yani "Остаться в Живых". SHu serialda raqamlar bor edi: 4 + 8 + 15 + 16 + 23 + 42 = 108. Mo'jizakor va sirli raqamlar! Albatta ularning bu strategiyaga xech dahli yo'q :)

SMA108 Forex Strategiyasi - bu oddiy trendga bog’liq bo’lgan forex strategiyasi bo’lib, 2-ta forex indikatori signaliga asoslangan: MA(Moving Average) ya’ni o’rtacha o’zgaruvchilarning kesisishiga va bozor sessiyalari cho’qqilari ya’ni ekstremumlariga asoslangan.
Valyuta juftligi: EURUSD
Vaqt davri: 1 soatlik
MetaTrader 4 dasturiga yuklash uchun indikator va shablon ya’ni tayyor ko’rinishni maqola tagida topishingiz mumkin.


Qanday indikatorlar talab qilinadi va ularning tuzilmalari:
1.    MetaTrader 4 grafikiga birinchi navbatda 1H(1 soatlik) EURUSD grafikini yuklaymiz va unga oddiy o’rtacha o’zgaruvchini joylashtiramiz SMA(108) + unga qo’shimcha sathlar(uroven) qo’shamiz: 140, 240, 350 va teskarisi -140, -240, -350; va SMA ni open ya’ni narhning ochilishiga berkitamiz. Agar shablonni o’zini joylasangiz bularning xammasi siz uchun yuklangann bo’ladi, darhol bozorga kirish joyiga o’tavering.
2.    Ya’na grafikga i-ParamonWorkTime indikatorini yuklaymiz – bu indikator bizga qaysi vaqt oralig’ida muvingni(o’rtacha o’zgaruvchi, MA) narh(sham) kesib o’tishini topishimiz uchun kerak bo’ladi, va sessiyalar(bozor sessiyalari) ekstremumlari(eng yuqori va pastki narhlari)ni topishga yordam beradi. Bizga kerak vaqt oraliqlari(interval) grafikda kulrang bilan belgilangan.


•    DIQQAT: Intervallarning chizilishi GMT 18.00 dan 9.00 gacha(!!!)
•    Alpari uchun bu: 21.00-12.00 gacha MT4 (MetaTrader 4) terminal vaqti bo’yicha(GMT +3)
•    Forex4you uchun: 20.00-11.00 gacha MT4 (MetaTrader 4) terminal vaqti bo’yicha(GMT +2)
•    Boshqa brokerlar uchun o’zingiz toping!
 

Menimcha shablonni joylashtirgan bo’lsangiz kerak (maqola tagida topishingiz mumkin), endi forex bozoriga SMA108 strategiyasi bilan kirish qoidalari bilan tanishamiz:

Bozorga kirish:

 
Sotib olish


1.    Narh SMA108 muvingini Osiyo sessiyasida (kulrang interval) kesib o’tsa va faqat shu kesib o’tish yo’nalishida (ya’ni pastdan tepaga) savdo qilamiz (!)
2.    Agar aynan shu sessiya paytida narh muvingni pastdan tepaga kesib o’tsa va u xatto yana muvinga qarab yana qaytsa xam, savdo uchun 3 ta kechiktirilgan bitim - Buy Stop ochamiz, barchasa bir xil lot xajmli. Buy Stop Osiyo + Tinchlik okeani sessiyasi eng tepa cho’qqisiga 5-10 pips (punkt) qo’yib ochamiz.
3.    Stop-loss ni shu kulrang intervalda xosil bo’lgan eng pastki nuktadan pastda yoylaymiz (shu kungi Osiyo + Tinchlik okeani sessiyasidan pastda)
4.    Teyk-profit ya’ni maqsadni qo’ymaymiz, lekin agar narh biz tanlagan tomonga yo’nalsa unda foydani fiksatsiya qilib boramiz o’rtacha o’zgaruvchilarda(muving): 140, 240, 350. Birinchi bitimni 140 sathida, ikkinchisini 240, uchinchisini 350 sathda berkitamiz.
5.    Birinchi bitim yopilganidan, qolgan ikkita bitimni zararsiz joyga o’tkazamiz(ya’ni stop-loss ini bitim ochilgan narhga + spred o’tkazamiz) ! Va agar narh 70 pips foydaga o’tsa xam uni zararsiz joyga o’tkazamiz. Va kutamiz nima sodir bo’lishini.
6.    Agarda narh ya’na 108SMA ga qaytsa u zararsiz joyda turibdimi yoki foydadami, xozirgi narh bo’yicha bitimni yopamiz! Ammo agar muvinga zarar bilan ya’ni –pips lar bilan qaytsa unda faqat stop-loss bo’yicha yopammiz!!!



Sotish uchun qoidalar teskarisi!

SMA108 Strategiyasiga qo’shimcha qoidalar:
1)    Agarda narh muvingni kesib o’tib, kesib o’tish tomonga 80-90 pips (punkt) o’tsa, unda bitimni ochmaymiz
2)    Sutka davomida ochilmagan bitimlarni keyingi kulrang chiziq chiqishidan oldin (Keyingi kun 18.00 GMT) yo’qatamiz.
3)    Bu strategiyani boshqa valyuta juftliklarida ham qo’llash mumkin, ammo siz ularga muvingni xususiyatlarini o’zingiz tanlashingiz kerak!
4)    Barcha bitimlar yopilmaguncha toza bitim ochilmaydi! Xatto yana bozorga kirishga signallar chiqsa ham, zararsiz joyga kelguncha xech bo’lmasa.
5)    Money-menejment qoidalarga rioya qilishni maslahat beramiz, agar olmoqchi bo’lgan teyk-profit stop-lossdan 2 yoki 3 marta ko’p bo’lsa bitimni oching agar kam bo’lsa yahshilab o’ylab ko’ring!

SMA108 Strategiyasi shuni ma’lum qiladiki bu strategiya yilning boshidan to Iyungacha foyda 2000 punktdan oshgan, ishlagan stop-losslar soni esa atigi 2 ta bo’lgan (!)
Kerakli fayllarni mana bu ssilkalardan olishingiz mumkin:

Bizni twitterda kuzating, va xar soat kerakli yanigliklar, forex signallari va strategiyalaridan xabardor bo'lib turing. 

Agar bizning blogimiz orqali eng ishonchli brokerda ro'yhatdan o'tsangiz doimiy eng foydali forex strategiyalari, kunlik va xaftalik texnik va fundamental analizlar, MetaTrader 4 dasturining 1000 dan ortiq indikatorlaridan iborat xar bir treyder uchun zarur ma'lumotlarni olib turishingiz mumkin! BUnday imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Bir oz fursatdan keyin blogimiz pullik bo'ladi, ro'yhatdan o'tganlarga bepul! 
Broker tanlashda yordam uchun va real xisob raqam ochish uchun, pullarni qanday kiritish va olish uchun uz-forex@mail.ru ga magentda murojaat qiling va so'rang. Sog' bo'ling! Ro'yhatdan o'tish uchun pastdagi rasmga bosing.

Forex Uz ni follow qiling