Показаны сообщения с ярлыком Shablonlar. Показать все сообщения
Показаны сообщения с ярлыком Shablonlar. Показать все сообщения

четверг, января 31

"Hukmdor" forex strategiyasi bilan kunlik grafiklarda g'alaba qozon

Hukmdor

Hukmdor foreks strategiyasi

Assalomu alaykum, Forex Uz - Uzbekistan blogi qatnashchilari! Bugungi sizga taqdim qiladigan forex strategiyasi kunlik grafiklarda savdo qilishga mo'ljallangan. Bu strategiya vaqti zid treyderlar uchun mo'ljallangan, chunki bitta signalni kunlar orasida kutishga to'g'ri keladi. Vaqti zid treyderlar uchun "Hukmdor". Biz mail.ru da: uz-forex@mail.ru va twitterda: @forex_uz

"Hukmdor" foreks strategiyasi tavsifi

Dastur: Metatrader 4
Valyuta juftligi: har qanday
Vaqt davri(Timeframe): D1
Savdo qilish vaqti: Kuniga bir marta, kunlik sham yopilganidan keyin
Tavsiya etilayotgan brokerlar: Alpari

Nimaga e'tibor berish kerak

  1. Strategiya asosi - gorizontal sathlar(liniyalar). Albatta Gorizontal qarshilik va quvvat quvvatlash sathlari haqida o'rganing va e'tiborga oling.
  2. "Hukmdor" forex strategiyasi diskretsion strategiya hisoblanadi, ya'ni aniq bozorga kirish va chiqish qoidalarga ega bo'lmagan, ammo savdoga kirish uchun ko'plab belgilar mavjud.

Muhim joylari

  1. Gorizontal liniyalardan qaytishda bozorga kiramiz.
    Qarshilikda faqat sotamiz, qo'llab quvvatlash liniyasida faqat sotib olamiz.
  2. Bitimni faqat 10SMA dan sham kesib o'tib yopilgandan keyin ochamiz.
    Narh yaqqol 10SMA(Simple Moving Avarage, ya'ni "Oddiy o'rtacha sirpanuvchi") kesib o'tgandan keyin bozorga keramiz.
  3. Foyda miqdori.
    Eng yaqin qo'llab quvvatlash/qarshilik liniyasigacha yoki 200SMA gacha ancha masofa bo'lishi kerak.
  4. Foydani belgilab qo'yamiz va foydaga o'sishga imkoniyat beramiz
Hukmdor forex strategiyasi D1 grafiki
EURUSD, D1


Bozorga kirish

  1. Bozorga faqat qo'llab quvvatlash/qarshilik liniyasida kiramiz.
  2. Agar eng yaqin 200SMA yoki qo'llab quvvatlash/qarshilik liniyalarigacha masofa yaqin bo'lsa.
  3. Bozorga sham yopilganidan keyin yoki shamning yarim tanasida kirish mumkin, yoki 10SMA ga qaytganda kirish mumkin.
  4. Shamning aniq 10SMA tepasi/pastida yopilishini kutamiz.
  5. Ikkita order bilan kiramiz

Stop-loss(zararni to'htatish)

Stop-lossni bozorga kirishda foydalangan qo'llab quvvatlash/qarshilik liniyasi pasti/tagidan qo'yamiz.

Bozordan chiqish

  1. Birinchi orderni yopamiz.
    Birinchi orderni foyda 100 punktga yetganda berkitamiz. Birinchi orderni yopgandan keyin ikkinchi orderni zararsiz xolatga va +5 punktga o'tkazib qo'yamiz.
  2. Ikkinchi orderga iloji boricha ko'proq foyda olishiga xarakat qilamiz. *Ikkincih orderga 200SMA ga TakeProfit qo'yamiz yoki eng yaqin qo'llab quvvatlash/qarshilik liniyalarida yopamiz. Agarda TakeProfitga ozgina yetmay qolsa bitimni yopamiz.
  3. 10SMA ni kuzatamiz *Agarda narh 10sma ni qarama qarshi tomonga kesib o'tib yopilsa va bu paytda biz ancha foydada bo'lsak, unda bozordan chiqamiz. Bozorga kirgandan keyin(boshida), 10sma ga e'tibor bermaymiz.

1. "Hukmdor" forex strategiyasi fayllarini yuklab olish

2. MetaTrader 4 dasturiga indikatorlar, maslahatchilar va shablonlarni qanday qilib yuklashni mana shu maqola orqali tanishing

Forex Uz ni twitterda kuzating

пятница, января 25

Uchta Sham | Forex Strategiyasi


3ta Sham Forex Strategiyasi


 Yomg'ir yog'ayotgan paytida qilish mumkin bo'lgan eng to'g'ri ish - yomg'ir yog'ishiga qarshi bo'lmaslik.
Genri Vadsvors Longfellov
“Uchta Sham” forex strategiyasi

Assalomu alaykum aziz Forex Uz – Uzbekistan blogi kuztuvchilari! SIz bilan yana birgaligimizdan hursandmiz va bu birga o’tkazgan vaqt albatta foydali bo’ladi degan umiddamiz! BIzning blog haqida eslatib o’tamiz. Forex Uz – Uzbekistan blogi O’zbekistonda yashayotgan treyderlarga o’z bilimlari va amaliyoti va o’z hisobini kengaytirishda yordam beramiz! Ko’p yildan beri Forex – Jahon Valyuta Birjasida savdo qilayotgan treyderlar bu blogda o’z strategiyalari va butun dunyo bo’ylab muvaffaqtiyatli qo’llanilayotgan Forex Strategiyalarini sizga taqdim qilishadi va savollaringizga javob berishadi. TOrtinmay so’rayvering, biz sizga javob beramiz! 
Biz twitterda: @forex_uz - Xoxlagan savolni berishingiz mumkin va magentda faqat broker tanlashda va real xisob ochishda yordam olish uchun uz-forex@mail.ru

Hususan bugungi “Uch Sham” Forex strategiyasi to’g’risida
“Uch Sham” juda oddiy va shu bilan birga ancha daromadli forex strategiyasidir.

“Uch Sham” strategiyasi hususiyatlari:

Dastur: MetaTrader 4
Valyuta juftligi: Hohlagan trendli
Savdo qilish vaqti: Evropa va Amerika savdo sessiyalari
Yahshi borkerlar: Alpari(Forex birjasida 1998 yildan buyon o’z xizmatlarini ko’rsatadi)

Strategiyaning asosiy qismi bu “Uch sham” patterni ya’ni figurasidi. Birinchi sham bu atrofidagi shamlarga nisbatan eng yuqori High  yoki eng pastni Low bo’lgan shamdir. Undan o’ng tomonda hosil bo’lgan sham esa ikkinchi sham va u tasdiqlovchi sham hisoblanadi. Ikkinchi sham yopilganidan keyin savdoga quyidagi qoidalar orqali kirish yoki kirmaslik mumkin. Uchinchi sham - bizning foydamizdir.
Strategiyaning mazmuni shundaki, biz forex bozoriga kayfiyatlar o’zgarganda kirib, impuls davomida ma’lum miqdorda daromad olishimiz mumkin.

Bozorga kirish:

  • Bozorga uchinchi sham boshida, ikkinchi sham yopilgandan keyin kiramiz.

  • Agar Stochastic(5.3.3) indikatorining liniyalari yo’nalishga qarama qarshi bo’lsa signalni o’tkazib yuboramiz.

  • Agarda 1-chi va 2-chi shamlar ko’rinishiga kichkina bo’lsa bozorga kirmaymiz.

  • Agarda ikkinchi sham juda katta bo’lsa(grafikda ko’zga tashlanib turadi) bitimni ochmaymiz.
Stop-loss va Teyk-profit:
  • Stop-loss ni High yoki Low nuqtasidan yuqorida yoki pastda qo’yamiz.
  • Take-profit taymfreymga (Vaqt, masalan 1H, 15m, 4H, 1D va hokazo) va treyderningo’ziga bog’liq. Birinchi foydali shamdan keyin ham chiqsa bo’ladi.
Qo’shimcha qoidalar:
  • Agar bozorgan kirgandan keyin 5 ta shamdan keyin baho deyarli o’zgarmasa, bitimni yopamiz.
  • Muhim yangiliklardan 30 minut oldin va keyin savdo qilmaymiz.
Tavakkal(risk) miqdori:
  • 1ta bitimga 2-3% dan ortiq pul qo’ymaymiz.
 Kerakli fayllarni mana bu ssilkalardan olishingiz mumkin:

Forex Uz ni twitterda kuzating



Bizni twitterda kuzating, va xar soat kerakli yanigliklar, forex signallari va strategiyalaridan xabardor bo'lib turing. 

Agar bizning blogimiz orqali eng ishonchli brokerda ro'yhatdan o'tsangiz doimiy eng foydali forex strategiyalari, kunlik va xaftalik texnik va fundamental analizlar, MetaTrader 4 dasturining 1000 dan ortiq indikatorlaridan iborat xar bir treyder uchun zarur ma'lumotlarni olib turishingiz mumkin! BUnday imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Bir oz fursatdan keyin blogimiz pullik bo'ladi, ro'yhatdan o'tganlarga bepul! 
Broker tanlashda yordam uchun va real xisob raqam ochish uchun, pullarni qanday kiritish va olish uchun uz-forex@mail.ru ga magentda murojaat qiling va so'rang. Sog' bo'ling! Ro'yhatdan o'tish uchun pastdagi rasmga bosing.

Forex Uz ni follow qiling

четверг, августа 9

SMA108 | Forex Strategiyasi

Salom xurmatli bizning blog o’quvchilari va albatta bizning ID orqali ro’yhatdan o’tayotgan treyderlar! Biz O’zbekiston treyderlariga va endigina forex dunyosiga qadam bosayotgan do’stlarimiz uchun yana bir ajoyib forex strategiyasi tayyorlab qo’ydik! Forex Uz – Uzbekistan jamoasi sizni oldindan kirib kelayotgan mustaqilligimizning 21 yillik bayrami bilan chin qalbidan tabriklaydi! Davlatimiz va prezidentimizga bizga berayotgan biznes va oily ta’lim yo’nalishlaridagi imkoniyatlaridan minnatdormiz! Shu yillar mobaynida bizning mamlakatmizda ko’plab ijobiy va juda katta turmush tarzini yahshilashga qaratilgan ishlar bo’lib o’tdi. Bayramingiz bilan aziz vatandoshlar!
Biz albatta sizning sharhlaringizni kutib qolamiz!! :-)
Biz twitterda: @forex_uz va magentda faqat broker tanlashda va real xisob ochishda yordam olish uchun uz-forex@mail.ru
Shuni aytib o'tish kerak: Bu Forex strategiyasi judayam tavakkali kuchli bo'lib, agar depositingizda kam miqdorda mablag' bo'lsa ishlatish tavsiya qilinmaydi.

Demak, quyidagi forex strategiyasi – SMA108 deb nomlanadi, SMA degani Simple Moving Average va 108 uning ko’rsatkichidir. Esingizdami LOST- seriali, yani "Остаться в Живых". SHu serialda raqamlar bor edi: 4 + 8 + 15 + 16 + 23 + 42 = 108. Mo'jizakor va sirli raqamlar! Albatta ularning bu strategiyaga xech dahli yo'q :)

SMA108 Forex Strategiyasi - bu oddiy trendga bog’liq bo’lgan forex strategiyasi bo’lib, 2-ta forex indikatori signaliga asoslangan: MA(Moving Average) ya’ni o’rtacha o’zgaruvchilarning kesisishiga va bozor sessiyalari cho’qqilari ya’ni ekstremumlariga asoslangan.
Valyuta juftligi: EURUSD
Vaqt davri: 1 soatlik
MetaTrader 4 dasturiga yuklash uchun indikator va shablon ya’ni tayyor ko’rinishni maqola tagida topishingiz mumkin.


Qanday indikatorlar talab qilinadi va ularning tuzilmalari:
1.    MetaTrader 4 grafikiga birinchi navbatda 1H(1 soatlik) EURUSD grafikini yuklaymiz va unga oddiy o’rtacha o’zgaruvchini joylashtiramiz SMA(108) + unga qo’shimcha sathlar(uroven) qo’shamiz: 140, 240, 350 va teskarisi -140, -240, -350; va SMA ni open ya’ni narhning ochilishiga berkitamiz. Agar shablonni o’zini joylasangiz bularning xammasi siz uchun yuklangann bo’ladi, darhol bozorga kirish joyiga o’tavering.
2.    Ya’na grafikga i-ParamonWorkTime indikatorini yuklaymiz – bu indikator bizga qaysi vaqt oralig’ida muvingni(o’rtacha o’zgaruvchi, MA) narh(sham) kesib o’tishini topishimiz uchun kerak bo’ladi, va sessiyalar(bozor sessiyalari) ekstremumlari(eng yuqori va pastki narhlari)ni topishga yordam beradi. Bizga kerak vaqt oraliqlari(interval) grafikda kulrang bilan belgilangan.


•    DIQQAT: Intervallarning chizilishi GMT 18.00 dan 9.00 gacha(!!!)
•    Alpari uchun bu: 21.00-12.00 gacha MT4 (MetaTrader 4) terminal vaqti bo’yicha(GMT +3)
•    Forex4you uchun: 20.00-11.00 gacha MT4 (MetaTrader 4) terminal vaqti bo’yicha(GMT +2)
•    Boshqa brokerlar uchun o’zingiz toping!
 

Menimcha shablonni joylashtirgan bo’lsangiz kerak (maqola tagida topishingiz mumkin), endi forex bozoriga SMA108 strategiyasi bilan kirish qoidalari bilan tanishamiz:

Bozorga kirish:

 
Sotib olish


1.    Narh SMA108 muvingini Osiyo sessiyasida (kulrang interval) kesib o’tsa va faqat shu kesib o’tish yo’nalishida (ya’ni pastdan tepaga) savdo qilamiz (!)
2.    Agar aynan shu sessiya paytida narh muvingni pastdan tepaga kesib o’tsa va u xatto yana muvinga qarab yana qaytsa xam, savdo uchun 3 ta kechiktirilgan bitim - Buy Stop ochamiz, barchasa bir xil lot xajmli. Buy Stop Osiyo + Tinchlik okeani sessiyasi eng tepa cho’qqisiga 5-10 pips (punkt) qo’yib ochamiz.
3.    Stop-loss ni shu kulrang intervalda xosil bo’lgan eng pastki nuktadan pastda yoylaymiz (shu kungi Osiyo + Tinchlik okeani sessiyasidan pastda)
4.    Teyk-profit ya’ni maqsadni qo’ymaymiz, lekin agar narh biz tanlagan tomonga yo’nalsa unda foydani fiksatsiya qilib boramiz o’rtacha o’zgaruvchilarda(muving): 140, 240, 350. Birinchi bitimni 140 sathida, ikkinchisini 240, uchinchisini 350 sathda berkitamiz.
5.    Birinchi bitim yopilganidan, qolgan ikkita bitimni zararsiz joyga o’tkazamiz(ya’ni stop-loss ini bitim ochilgan narhga + spred o’tkazamiz) ! Va agar narh 70 pips foydaga o’tsa xam uni zararsiz joyga o’tkazamiz. Va kutamiz nima sodir bo’lishini.
6.    Agarda narh ya’na 108SMA ga qaytsa u zararsiz joyda turibdimi yoki foydadami, xozirgi narh bo’yicha bitimni yopamiz! Ammo agar muvinga zarar bilan ya’ni –pips lar bilan qaytsa unda faqat stop-loss bo’yicha yopammiz!!!



Sotish uchun qoidalar teskarisi!

SMA108 Strategiyasiga qo’shimcha qoidalar:
1)    Agarda narh muvingni kesib o’tib, kesib o’tish tomonga 80-90 pips (punkt) o’tsa, unda bitimni ochmaymiz
2)    Sutka davomida ochilmagan bitimlarni keyingi kulrang chiziq chiqishidan oldin (Keyingi kun 18.00 GMT) yo’qatamiz.
3)    Bu strategiyani boshqa valyuta juftliklarida ham qo’llash mumkin, ammo siz ularga muvingni xususiyatlarini o’zingiz tanlashingiz kerak!
4)    Barcha bitimlar yopilmaguncha toza bitim ochilmaydi! Xatto yana bozorga kirishga signallar chiqsa ham, zararsiz joyga kelguncha xech bo’lmasa.
5)    Money-menejment qoidalarga rioya qilishni maslahat beramiz, agar olmoqchi bo’lgan teyk-profit stop-lossdan 2 yoki 3 marta ko’p bo’lsa bitimni oching agar kam bo’lsa yahshilab o’ylab ko’ring!

SMA108 Strategiyasi shuni ma’lum qiladiki bu strategiya yilning boshidan to Iyungacha foyda 2000 punktdan oshgan, ishlagan stop-losslar soni esa atigi 2 ta bo’lgan (!)
Kerakli fayllarni mana bu ssilkalardan olishingiz mumkin:

Bizni twitterda kuzating, va xar soat kerakli yanigliklar, forex signallari va strategiyalaridan xabardor bo'lib turing. 

Agar bizning blogimiz orqali eng ishonchli brokerda ro'yhatdan o'tsangiz doimiy eng foydali forex strategiyalari, kunlik va xaftalik texnik va fundamental analizlar, MetaTrader 4 dasturining 1000 dan ortiq indikatorlaridan iborat xar bir treyder uchun zarur ma'lumotlarni olib turishingiz mumkin! BUnday imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Bir oz fursatdan keyin blogimiz pullik bo'ladi, ro'yhatdan o'tganlarga bepul! 
Broker tanlashda yordam uchun va real xisob raqam ochish uchun, pullarni qanday kiritish va olish uchun uz-forex@mail.ru ga magentda murojaat qiling va so'rang. Sog' bo'ling! Ro'yhatdan o'tish uchun pastdagi rasmga bosing.

Forex Uz ni follow qiling

вторник, июля 31

“GAP” | Forex Strategiyasi


Salom xurmatli Uzbekistan treyderlari! Forexda pul topmoqchi bo'lib yurgan va forexda ko'p vaqtdan buyon doimiy pul topayotgan treyderlar, sizning xavolangizga bugun xozirgi kunlar Forex bozorida ko'plab uchrab turgan dushanba kuni bozor ochilishi paytidagi narhning uzilishlari ya'ni "GAP" lardan foydalanib foyda olishni o'rganamiz - "GAP" Forex Strategiyasi. "GAP" - bu inglizcha so'z bo'lib bo'linish, bo'shliq, uzilish degan ma'nolarni bildiradi. Forex Uz - Uzbekistan blogi kamoasi sizga bu noyob forex strategiyasidan foydalanib foyda olishni yo'llarini o'rgatadi. Biz albatta sizning sharhlaringizni kutib qolamiz!! :-)
Biz twitterda: @forex_uz va magentda faqat broker tanlashda va real xisob ochishda yordam olish uchun uz-forex@mail.ru
Shuni aytib o'tish kerak: Bu Forex strategiyasi judayam tavakkali kuchli bo'lib, agar depositingizda kam miqdorda mablag' bo'lsa ishlatish tavsiya qilinmaydi.

“GAP” Forex strategiyasi barcha valyuta juftliklarida ishlatiladi ya’ni multivayutalik deyiladi. Eng yahshi vaqt davri bu M5-15.

Demak qanday indikatorlar talab qilinadi va ularning tuzilmalari:

i-GAP indikatori – Bu indikator bozorda sodir bo’lgan GAP (narhdagi uzilish) ni topishda yordam beradi va uning o’lchamlarini aniqlaydi. Yana bu indikator qaysi tomonga bitimni ochishni ko’rsatadi: yashil yuqoriga yo’nalgan ko’rsatkich sotib olishga - Buy va qizil pastga yo’nalgan ko’rsatkich sotishga - Sell.

Indikatorni tuzilmalari oynasini ochamiz va u yerda SizeGAP 15ga tengligini ko’ramiz, bu shuni bildiradiki agar GAP 15 pipsdan(4 sonli Brokerlarda Forex4you kabi bu tuzulma 15 ga teng, 5 sonli Brokerlarda Alpari kabi bu 150 ga teng) katta bo’lsagina u xisoblanadi.

Bozorga kirish
  1. Dushanba kuni bozor ochilishidan 5 daqiqa oldin MetaTrader 4 savdo terminalini ochamiz. Bozor ochilgandan keyin qaysi valyuta juftliklarida GAP(narhning uzilishi) xosil bo’lganligini kuzatamiz va GAP berkilishi tomonga (narhning uzilgan joyiga) qarab bitim ochamiz. Bitimni faqat 15 pipsdan oshgan GAP bor valyuta juftlliklari tomonga qarab ochamiz (4 sonli Brokerlarda Forex4you kabi bu tuzulma 15 ga teng, 5 sonli Brokerlarda Alpari kabi bu 150 ga teng). Bu GAPning kattaligini bizga i-GAP indikatori aniqlab beradi.
  2. Foydani olish bitimi Take-Profit ni GAP kattaligidan 2-5 pips kichik qilib qo’yamiz, ya’ni juma kuni yopilgan oxirgi yopilgan shamning eng tepa yoki eng pastki narhiga 5 pips (punkt) yetmasligi kerak.
  3. Stop-Loss (yo’qotishlarni to’xtatish) ni turg’un qilib 300-350 punktga qo’yamiz (4 sonli Brokerlarda Forex4you kabi bu tuzulma 300-350 ga teng, 5 sonli Brokerlarda Alpari kabi bu 3000-3500 ga teng). Stop-Loss ni yahshisi muxim narh ko’rsatkichlariga qo’yish lozim: masalan 1.2200, yoki 1.2260. 350 pips (punkt) dan oshmasligi kerak.
  4. Kapitalni boshqarish qoidasi: Bitimning tavakkalligi 5%, ayrim xollarda 10% gacha, lekin undan ko’p emas!
Va yahshisi ko’proq (2-3) valyuta juftliklari bilan savdo qilgan yahshi, tavakkal % shularga bo’linadi, ya’ni jami 10% dan oshmasligi kerak.

EURJPY valyuta juftligida bitim ochishning  misoli:
Bitim ochilgan sana 15 Iyun 2012 yil, Dushanba, valyuta juftligi EURJPY, bozor 60 pips (punkt) narh uzilishi ya’ni GAP bilan ochildi. i-GAP indikatori qizil ko’rsatkich bilan savdo yo’nalishini ko’rsatib berdi. Shundan kelib chiqib 100,74 narh bilan sotishga bitim, Take-Profit juma kuni yopilish shamining eng yuqorisiga bir nechta pips (punkt) yetmay qo’yildi. Stop-Loss 104,00 ga qo’yildi. Natijada bitim +40 pips foyda bilan yopildi!

USDCHF juftligida GAP xosil bo’lgan paytda bitim tuzish misoli:


Bitim ochilgan sana 15 Iyun 2012 yil, Dushanba, valyuta juftligi USDCHF, bozor 40 pips (punkt) narh uzilishi ya’ni GAP bilan ochildi. i-GAP indikatori yuqoriga qaragan yashil ko’rsatkich bilan savdo yo’nalishini ko’rsatib berdi. Shundan kelib chiqib 0,9428 narh bilan sotib olishga bitim ochildi, Take-Profit juma kuni yopilish shamining eng pastiga bir nechta pips (punkt) yetmay qo’yildi. Stop-Loss 0,9090 ga qo’yildi. Natijada bitim +26 pips foyda bilan yopildi!

5. “GAP” Forex Strategiyasi bo’yicha 2012 yil 1 fevraldan 19 iyungacha bo’lgan vaqtidagi bajarilgan bitimlarning real xisob raqamdagi statistikasi (Boshqa treyder tomonidan berilgan)

Valyuta juftligi nomi / pipslarda foyda:

EURUSD –  +430 pips
AUDUSD –  +340 pips
EURJPY  –  +287 pips
NZDUSD –  +188 pips
GBPUSD –  +94 pips
USDCHF –  +94 pips
USDJPY  –  +65 pips
GBPJPY  –  +15 pips

Hammasi bo’lib 1513 pips (punkt) foyda bilan yopilgan!

Kerakli fayllarni mana bu ssilkalardan olishingiz mumkin:

Bizni twitterda kuzating, va xar soat kerakli yanigliklar, forex signallari va strategiyalaridan xabardor bo'lib turing. 

Agar bizning blogimiz orqali eng ishonchli brokerda ro'yhatdan o'tsangiz doimiy eng foydali forex strategiyalari, kunlik va xaftalik texnik va fundamental analizlar, MetaTrader 4 dasturining 1000 dan ortiq indikatorlaridan iborat xar bir treyder uchun zarur ma'lumotlarni olib turishingiz mumkin! BUnday imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Bir oz fursatdan keyin blogimiz pullik bo'ladi, ro'yhatdan o'tganlarga bepul! 
Broker tanlashda yordam uchun va real xisob raqam ochish uchun, pullarni qanday kiritish va olish uchun uz-forex@mail.ru ga magentda murojaat qiling va so'rang. Sog' bo'ling!



Forex Uz ni follow qiling

четверг, июля 26

Keyingi Stop | Forex Strategiyasi

Hammaga salom va yana siz bilan Forex Uz – Uzbekistan blogi jamoasi. Bu safar sizga nisbatan yaqinda chiqgan Keyingi Stop forex strategiyasini taqdim qilamiz. Bu strategiya Ichimoku indikatoriga asoslangan. Iltimos savol berishga o’zingizni erkin sezing, o’zingizning fikringizni bildiring. Sizning ishtirokingiz bizning yana ko’proq strategiyalar ulashishga yo’llaydi. Iltimos bu blogni do’stlaringizga va boshqa forexga oid forum va saytlarda ayting va bilimni ulashing. Chunki ulashilmagan bilim bu foydasiz bilimdir. Rahmat! Demak sizni “Keyingi Stop” forex strategiyasi bilan tanishtiramiz! Biz albatta sizning sharhlaringizni kutib qolamiz!! :-)
Biz twitterda: @forex_uz va magentda faqat broker tanlashda yordam olish uchun uz-forex@mail.ru

Kerak bo’ladigan indikatorlar, va ularning tuzalmalari.

Indicatorlar:
-Kijun-sen (52, shift 3)
-Tenkan-sen (9, shift 0) Kunlik vaqt davrida faqat, kunlik qarshiliklarni bilish uchun
-RSI (26)
-EMA(34, Median price)
-Trend liniyalari (Qarshilik va qo’llab-quvvatlash chizig’lari)

Ishlatiladigan vaqt davrlari (Time Frames):
- Kunlik (Umumiy trendni bilish uchun)
- 4 Soatlik (Qarshilik va Qo’llab-quvvatlash chizig’larini aniqlash uchun, Kijun-sen qayerdaligini va Kun ichidagi trend qaysi tomongaligini bilish uchun)
- 1 Soatlik (Bozorga Kirish / Bitimni boshqarish(Ochilgan orderni yani “Opened Position”))

Kunlik Grafik (Umumiy trend):
- Kechagi kunning Eng yuqori va Eng pastki narhlarini belgilash.
- Agar Tenkan-sen Kijun-sen dan yuqorida bo’lsa va narh ikkala liniyalardan yuqorida bo’lsa bozor yuqoriga trendda.
- Agar Tenkan-sen Kijun-sen dan pastda bo’lsa va narh ikkala liniyalardan pastdada bo’lsa bozor pastga yo’nalgan trendda.
- Agar narh Tenkan-sen va Kijun-sen oralig’ida bo’lsa forex bozori yo’nalishi aniq emas.

4 Soatlik Grafik (Qarshilik va Qo’llab-quvvatlash chizig’lari):
- Shu vaqt davridagi katta va kichik qarshilik va qo’llab-quvvatlash chizig’larini aniqlang va chizing.
- Agar narh 4 soatlik Kijun-sen dan yuqorida bo’lsa sotib olish uchun imkoniyat izlang, agarda narh 4 soatlik Kijun-sen dan pastda bo’lsa sotish uchun imkoniyat qidiring
Kattalashtirish uchun bosing

 
1 Soatlik Grafik (Bozorga Kirish / Bitimni boshqarish):
 
Sotib Olish:
*narh Kijun-sen ni pastdan yuqoriga kesib o’tib yuqorida yopilsa va RSI 50 dan katta bo’lsa.
*narh pastga qaytib Kijun-sen ni test qilsa(tegib yana qaytsa) va tepaga yana qaytsa va RSI 50 dan katta bo’lsa.
*narh pastga qaytib Kijun-sen ni test qilsa(tegib yana qaytsa) va tepaga yana qaytsa va qo’llab-quvvatlash chizig’ida pinbar xosil qilsa
 
Sotish:
*narh Kijun-sen ni yuqoridan pastga kesib o’tib pastda yopilsa va RSI 50 dan kichik bo’lsa.
*narh yuqoriga qaytib Kijun-sen ni test qilsa(tegib yana qaytsa) va pastga yana qaytsa va RSI 50 dan kichik bo’lsa.
*narh yuqoriga qaytib Kijun-sen ni test qilsa(tegib yana qaytsa) va pastga yana qaytsa va qarshilik chizig’ida pinbar xosil qilsa
**Pin bar = bu sham tuzilishi bo’lib bolg'acha, osilgan odam, o'girilgan bolg'acha, uchgan yulduz va doji deyiladi. Quyidagi rasmga qarang, bu yerda buqa pinbarlari ko'rsatilgan, ular agar qarshilik va qo'llab quvvatlash chizig'ida, fib urovni, pivot nuktalarida uchrasa, unda yo'nalish tepaga qarab o'zgarishi extimoli judayam katta. Ayiq pinbarlari xuddi shuni teskarisi.
Kattalashtirish uchun bosing
Bozordan Chiqish Strategiyasi:
- Narh Kijun-sen ni qarama-qarshi tomonga kesib o’tganda chiqing.
- Maqsad yani Take Profit ga yetganda chiqing.
- Stop Loss(Yo’qotishlarni to’xtashish) ga tegganda chiqing
- Yuruvchi Stop(Trailing Stop) ga tegganda chiqing.

Kattalashtirish uchun bosing

 Tavakkalni boshqarish(Risk Management):

 #1 Usul (Bizning sevimli):
- 40 pip stop loss qo’ying
- 60 pip yuruvchi stop(trailing stop) qo’ying
- Narh 40 pips+spred yurigandan keyin stop lossni zarar ko’rmaydigan narhga o’tkazing(Bitim ochilgan narhga).

Qo’shimcha kirish: Narh 34 EMA urilib qaytganda kirish(Pullback Entries)
- Narh chizig’ga urilsa, test qilib trend yo’nalishiga chaytib yoqilsa va RSI 50 dan katta(Sotib olish) yoki kichik(Sotish) bo’lsa

-1chi bitim 40 pip stop loss, 120 pip maqsad(take profit) va 60 pip yuruvchi stop(trailing stop) bo’lishi kerak
-Barcha qolgan bitimlar 40 pip stop loss, 80 pip maqsad va 40 pip yuruvchi stop(trailing stop) bo’lishi kerak

Kattalashtirish uchun bosing

#2 Usul (Yangilarga maslahat beriladi):
- 40 pip stop loss qo’ying
- 80-120 pip maqsad(take profit) qo’ying (foyda/risk nisbati 2:1 to 3:1)
- 60 pip yuruvchi stop(trailing stop) qo’ying
- Stop lossni zararsiz joyga(Bitim ochilgan narh) spred + 40 pip yurigandan keyin o’tkazing.

Kerakli fayllarni mana bu ssilkalardan olishingiz mumkin:

Bizni twitterda kuzating, va xar soat kerakli yanigliklar, forex signallari va strategiyalaridan xabardor bo'lib turing. 

Agar bizning blogimiz orqali eng ishonchli brokerda ro'yhatdan o'tsangiz doimiy eng foydali forex strategiyalari, kunlik va xaftalik texnik va fundamental analizlar, MetaTrader 4 dasturining 1000 dan ortiq indikatorlaridan iborat xar bir treyder uchun zarur ma'lumotlarni olib turishingiz mumkin! BUnday imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Bir oz fursatdan keyin blogimiz pullik bo'ladi, ro'yhatdan o'tganlarga bepul! 
Broker tanlashda yordam uchun va real xisob raqam ochish uchun, pullarni qanday kiritish va olish uchun uz-forex@mail.ru ga magentda murojaat qiling va so'rang. Sog' bo'ling!



Forex Uz ni follow qiling

вторник, июля 24

MetaTrader 4 dasturiga indikatorlar, maslahatchilar va shablonlar qo'shish

MetaTrader 4 ya'ni MT4 dasturiga indikatorlar, maslahatchilar va shablonlar ya'ni tayyor ko'rinishlar qo'shish juda muxim axamiyatga ega, chunki siz bizning blogimizdan strategiyalar, indikatorlar va maslahatchilar olsangiz ularni dasturga sozlab ishlatishingiz kerak. Barcha fayllarni tashlaganingizdan so'ng MetaTrader 4 dasturidan chiqing va qayta kiring. Forex Uz - Uzbekistan jamoasi sizga yordam berishdam xursand! Buning uchun quyidagi qadam ba qadam ko'rsatilgan rasmlardan foydalaning:
Indikatorlarni quyidagi joyga tashlash kerak:
C:\Program Files (x86)\Alpari NZ MT4-Demo\experts\indicators
Shablonlarni ya'ni tayyor ko'rinishlarni quyidagi joyga tashlash lozim:
C:\Program Files (x86)\Alpari NZ MT4-Demo\templates
Maslahatchilarni ya'ni ekspertlarni (Expert Advisors) quyidagi joyga tashlaysiz:
C:\Program Files (x86)\Alpari NZ MT4-Demo\experts

Eng yahshi va ishonchli brokerda ro'yhatdan o'tish va xoziroq FOREX da savdo qilishni boshlash uchun