Показаны сообщения с ярлыком Forex bu nima. Показать все сообщения
Показаны сообщения с ярлыком Forex bu nima. Показать все сообщения

пятница, ноября 21

Forex Uz bilan yanada ko’proq daromadli bitimlar yoping!

Forex Uz bilan yanada ko’proq daromadli bitimlar yoping

Forex Uz bilan yanada ko’proq daromadli bitimlar yoping!

Sizga Forex Uz - O'zbekiston blogi qayta ishga tushganligini ma’lum qilamiz. Bizning jamoa uzoqroq muddat vaqtida blogga maqolalar qo’yishga hech vaxt topa olmadi. Endi hammasi yanada yahshiriq bo’ladi: yangi maqolalar, strategiyalar, ekspert maslahatchilar, robotlashtirilgan sistemalar, eng oxirgi va daromadli savdo qilish sistemalari, forex dunyosi sirlari, va boshqa forexda pul topish yo’llarini o’rgatuvchi maqolalarni kutib qoling. Oz muddat davomida bizning jamoa sizga taqdim qilgan maqolalarni yana bir marta o’qib chiqib sinab ko’ring, savollaringiz bo’lsa yozing javob yozamiz albatta.
Maqolalar ro’yhati:
1.    Forex bu nima?
15. HA30 Forex strategiyasi - Video

Forex yangiliklarini bilish uchun bizning saytdagi Forex yangiliklar kalendaridan foydalaning.
Forex Uz ni twitterda kuzating


понедельник, июля 16

Asosiy savdo qatnashchilari | Forex bu nima?

FED
Forex Uz blogi jamoasi yana siz bilan. Maqolalar juda ko'p bo'ladi. Sizga forexda qanday qilib daromad topish yo'llarini o'rgatamiz.
     Salom aziz blogimiz o'quvchilari va FOREX treyderlari! Sizni bu issiq kunlar bilan tabrilaymiz, o'z uyingizda sovuq xonada o'tirgan xolda daromadli bitimlarni o'tkazishni tilab qolamiz. Mana shu xaftadan boshlab video bashorat qilib boramiz. Nima deysiz? Sizning javobingizni kutib qolamiz. Quyidagi maqola Forex dunyo valyuta birjasida kimlar savdo qilishi va ularning o'rni xaqida. Albatta savollaringizni twitterda bering yoki eng to'g'risi blogimizda qoldiring, tezkor javob beramiz. Ishingizda omad! 
P.S. Yana bir eslatish bizning blogdagi kabi Eng ishonchli va yahshi broker Alparidan ro'yhatdan o'tsangiz, maslahatlar juda tezkor va bepul, sizga yangi strategiyalarni beramiz. Buning uchun siz real schet ochib ishlab boshlashingiz kerak. Sizning yutuqingiz bizning muvaffaqiyatimiz! Mana bu maqola orqali ro'yhatdan o'tishingiz mumkin: http://forexuzb.blogspot.com/2012/03/qanday-qilib-bugunoq-forex-bozorida.html
Demak Forex dunyo valyuta birjasining asosiy qatnashchilari:

Tijorat banklari.


Ular valyuta operatsiyalarining asosiy xajmini olib borishadi. Banklarda bozorning boshqa ishtirokchilari xisob raqamlarini ochishadi va ular orqali kerakli konversion va deposit-kredit operatsiyalarini o’tkazishadi. Mijozlar bitimlari va operatsiyalarini bajarishdan tashqari banklar o’zining kapitali evaziga valyuta operatsiyalarini bajarishi mumkin.
 Bundan kelib chiqib aytganda valyuta bozori bankalar aro bitimlar bozorini tashkil qiladi, va valayuta o’zgarishi va protsent stavkalari xaqida aytsak huddi shu bankalar aro valyuta bozorini tushunish kerak.
Dunyo valyuta bozoriga eng ko’p ta’sirini katta xalqaro banklar o’tkazadi, ularning kunlik operatsiyalar xajmi milliard do’llarlarni tashkil qiladi. Bu banklarga Deutsche Bank, Barclays Bank, Union Bank of Switzerland, Citibank, Chase Manhattan Bank, Standard Chartered Bank va boshqalar kiradi. Ularning asosiy farqi bu operatsiyalar xajmidir, ular kotirovkalarning yoki valyuta narxining sezilarli o’zgarishiga olib kelishi mumkin. Odatda katta ishtirokchilar buqalar yoki ayiqlarga ajraladi. Buqalar bular narxning ko’tarilishini xoxlovchilar va ayiqlar narxning pasayishini xoxlovchilar.

Tashqari-savdo operatsiyalarini bajaruvchi firmalar.

Xalqaro savdoda ishtirok qiluvchi kompaniyalar chet-el valyutasiga turg’un talabga ega bo’ladi va chet-el valyutasining taklif qilishadi, va ular ko’pincha bu operatsiyalarni tijorat banklari orqali olib borishadi.

Chet-el aktivlariga pul qo’yuvchi kompaniyalar (Investment Funds, Money Market Funds, International Corporations).

Bu kompaniyalar  xar xil xalqaro investitsion fondlardan iborat bo’lib, kapitallarni davlat va yirik korparatsiyalar qimmatbaxo qog’ozlariga qo’yishadi. Dilerlar tili bilan aytganda ularni fondlar yoki “funds” deyishadi, eng mashxurlari Djorj Sorosning «Quantum» fondi ko’plab foydali bitimlarni o’tkazadi, va «Dean Witter» fondi va boshqalar.
Bu firmalar turlariga yana xalqaro ishlab chiqarish investitsiyalari qiluvchi korparatsiyalar kiradi: filiallar ochish, birgalikda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va boshqalar. Bularga: Kseroks, Nestle, Djeneral Motors, British petrolium, Coca Cola va boshqalar kiradi.

Markaziy banklar.

Ularning asosiy ishi tashqari bozorda valyutani boshqarishdan iborat, ya’ni keskin valyuta o’zgarishini oldini olish, iqtisodiy krizislarni oldini olish uchun, eksport va import muvozanatini saqlash va boshqalar. Markaziy banklar valyuta kurslarining o’zgarishiga sezilarli ta’sir ko’rsatishadi. Ularni buqalar yoki ayiqlarga ajratish qiyin chunki ular bir vaqti buqa va boshqa vaqti ayiqlar bo’lib bitim o’tkazishi mumkin. Ular bir o’zi yoki boshqa banklar bilan kelishgan xolda valyuta operatsiyalarini olib borishi mumkin.
Dunyo valyuta bozorida eng katta ta’sirga quyidagi banklar ega: AQSh markaziy banki — Federal Reserv Sistemasi. (US Federal Reserve yoki FED), Germaniya markaziy banki — Bundesbank (Deutsche Bundesbank) va Buyukbritaniya markaziy banki — Angliya Banki (Bank of England, yana bir nomi Old Lady).

Davlat valyuta birjalari.

Ko’p rivojlanayotgan davlatlarda valyuta birjalari mavjud va ular turli valyuta operatsiyalari o’tkazishadi.

Valyuta broker firmalari.

Ularning funktsiyasiga valyuta oluvchisi va sotuvchisini birlarshtirish kiradi va ular orasidagi konversion yoki kredit-deposit operatsiyalarni olib borish kiradi. Buning uchun broker ma’lum foiz miqdorida bitimdan daromad oladi.

Jismoniy shaxslar.
Jismoniy shaxslar xam turli valyuta operatsiyalarini olib borishadi, ular buni brokerlar va banklar orqali qilishadi. 1986 yilda marjinal savdo qilish imkoniyati chiqgandan buyon ular Forex dunyo valyuta bozorida oz miqdorda pul qo’yib ko’p miqdordagi pullar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Forex Uz ni follow qiling 

пятница, мая 11

Mashhurlik sabablari | Forex bu nima?

Bugungi kunda jahon valyuta bozori FOREX (Foreign Exchange Market — FOREX) pul investitsiya qilishning e`ng daromadli yo’nalishlaridan biridir.

     FOREX an’anaviy «bozor» so’zi ma’nosini ifodalamaydi. U fond birjasi kabi aniq savdo qilish joyiga e’ga emas. Savdo bir vaqtning o’zida butun dunyo buylab yuzlab banklarda telefon yoki kompyuter terminallari orqali bajariladi. Har bir soat kamarida(Sidney, Tokio, Gonkong, Frankfurt, London, Nyu-York va boshq.) dilerlar borligi sababli, bozor kuniga 24 soat ishlaydi, va valyuta ayriboshlash butun ish haftasi davomida to’xtamaydi.

Mashhurlikning asosiy sabablari.


Butun dunyo investorlari va moliya olibsotarlari orasida mashhurlikining e’ng asosiy sabalari kuyidagilar:

1. Likvidlik. Aktiv sifatida pul va faqat pul ishlatiladigan bozor mumkin bo’lgan e’ng yuqori likvidlikka e’ga. Yuqori likvidlik har bir investor uchun juda katta tortish kuchidir, chunki bu unga xoxlagan hajmdagi bitimlarni ochish va yopish e’rkinligini beradi. FOREX kunlik savdo hajmi 3-4 trillion dollarga teng, taqqoslash uchun - qimmatbaho qog’ozlar(Aktsiya) bozorida kunlik hajm taxminan 500 milliard dollarni tashkil qiladi.
2. Tezkorlik. 24-soatlik ish tartibi tufayli FOREX bozori qatnashchilari boshqa bozorlarda kabi biror voqea yoki yangilikga o’z javobini berish uchun kutishi shart e’mas.
3. Bahosi. FOREX bozori odatda bitim tuzish uchun hech qanday pul olmaydi, albatta odatiy talab(bid) va taklif(ask) narxlari orasidagi farqdan(spred) tashqari.
4. Kotirovkalar birxilligi. Bozorning yuqori likvidligi tufayli chegaralanmagan lot sotish yagona bozor narhida bajarilishi mumkin. Bu bir vaqtning o’zida va ma’lum narxda faqat chegaralangan bitimlar sotila oladigan - fyuchers va boshqa fond investitsiyalarida kabi turg’un bo’lmaslik muammosini chetlab o’tishga imkoniyat yaratadi.
5. Marja o’lchami. FOREX bozorida kredit yelka(marja) o’lchami faqat mijoz va uni bozorga chiqishini ta’minlaydigan bank yoki brokerlik firmasi kelishuvi orqali belgilanadi, va u odatda 1:100 ni tashkil qiladi. Ya’ni, 1000 dollar garovga qo’yib, mijoz 100 ming dollarga teng bitimlar bajarishi mumkin. Bunday katta kredit «yelka»larini ishlatish, kotirovkalarning kuchli o’zgarishi bilan birgalikda, bu bozorni yuqori-daromadli qiladi, lekin yuqori-hatarli ham.

 Forex bozorining tasnifi.

FOREX bozorini bir nechta sifati orqali tasniflash mumkin:
1. Amaliyot turiga qarab. Masalan, konversion amaliyotlari dunyo bozori mavjud(unda AKSh dollari/yapon yenasi yoki AKSh dollari/ kanada dollari kabi konversion amaliyotlar bozorlarini aytib utish mumkin)

2. Hududlarga qarashliligi bo’yicha. Halqaro valyuta bozori(FOREX) e’ng yangi informatsion texnologiyalar orqali regional valyuta bozorlari bilan aloqa qilib turuvchi sistemadan iborat. Regional valyuta bozorlarining e’ng muhimlari quyidagilar Osiyo(Tokio, Singapur, Gonkong), Evropa(London, Frankfurt, Tsyurix) va Amerika(Nyu-York, Chikago, Los-Andjeles) bozorlari. Jahon regional valyuta bozorlarining har hil soat kamarlarida joylashganligi uchun, u butun kun davomida to’xtovsiz 24 soat ishlaydi, deyishimiz mumkin. U o’z ishini Uzoq Sharq, Yangi Zelandiya(Vellington)da boshlaydi, ketma-ket Sidney, Tokio, Gonkong, Singapur, Moskva, Frankfurt, London soat kamarlaridan o’tadi va Nyu-York va Los-Andjelesda kunni tugatadi.
Va albatta twitterda bizni follow qiling va soatlik yangilik va strategiyalarimizni kuzatib boring.
P.S. Xar bir yozib qoldiradigan izoh va sharhlaringiz uchun katta rahmat! Yozing albatta javob yozamiz. Sizga Omad tilab Forex Uz jamoasi treyderlari.
Forex Uz ni follow qiling 

пятница, марта 23

Forex bu nima?


Forex xaqida qisqacha ma'lumot

Forex(Foreign Exchange Market) – xalqaro valyuta birjasi, bu erda bir valyuta sotib olinadi va boshqa valyutaga sotiladi. Bu dunyoning eng katta bozordir.

 Agar olib qarasak Forexni juda katta pul ayriboshlash shaxobchasiga o’xshatish mumkin, bu erda xohlagan bir sutkada 24 soat, xaftasiga 5 kun istagan mamlakat valyutasida bitim o’tkazishi mumkin, juda yahshi imkoniyatlar evaziga. Xoxlagan internet bor joyda, dunyoning xoxlagan burchagida savdo qilishingiz mumkin. Buning uchun noutbuk, mobil telefon, turg’un kompyuter, cho’ntak kompyuteri, iPad ishlatishingiz mumkin.

Dunyodagi eng katta bozor - Forex

Xalqaro valyuta birjasining kunlik xajmi 2-5 trillion AQSH dolliriga teng. Xaftalik xajmi esa AQSHning yoki EvropaBirlashmasining yillik YIM(yalpi ichki mahsulot)iga deyarli teng. Shunday qilib, Forex – dunyoning eng katta bozori. Iqtisod qonunlaridan biri aytadi: Savdo xajm qanchalik ko’p bo’lsa bashorat xam shunchalik aniq bo’ladi.

Pastga tushish ko’tarilishdan xech yomon emas

Forexda chegarasiz xar qanday valyutaning o’sishida xam, pastga tushishida xam pul ishlash mumkin. Ya’ni faqatgina yaqin orada baxosi ko’tariladigan valyutani sotib olishgina emas, yana arzonlaydi deb o’ylagan valyutani sotish orqali xam foyda olishingiz mumkin. Shuni aytib o’tamizki buning uchun siz tushayotgan valyutani oldindan sotib olishingiz shart emas. Siz bankga oddiy buyruq berasiz va u o’zinging rezerv mablag’i xisobiga siz kursatgan valyutani sotadi.

Valyuta baxosining tebranishlari uncha katta emasku?

Bu xaqiqatan xam shunday. Lekin xozirgi zamon savdo sharoitlari forexdagi xar bir mijozga o’z mab’lag’idan ko’p marta katta bo’lgan xajmlar bilan savdo qilishga imkoniyat yaratadi. Sizning xisobingizda 2000$ bo’lib 100ming dollardan ortiq qiymatga ega bitimlar tuzishingiz mumkin. Bunaqa xizmat bir necha soat, minut xatto sekund davomida sezilarli daromad olish imkoniyatini beradi. Albatta, xar qanday katta foydali bitim singari bu xam proporcional ravishda katta darajadagi bilan bog’liq. Bular broker sizga ko’rsatgan elkaga bog’liq. Bu xaqda malumotni keyingi blog postlarimda keltiraman.

Bitimlar juda tez bajariladi

Xar bir bitim, sotishga yoki olishga shu zahotning o’zida, yoki bir necha soniya ichida bajariladi. Bu sizga valyutaning juda kichik tebranishlarida xam sizga maqul bo’lgan baxodan sotib yoki sotib olib foyda olish imkoniyatini beradi. Masalan siz kechasi qaysidir mamlakatning prezidentini ishdan ketganini yoki biron bir mamlakatda urush yoki xar qanday sezilarli muxim xodisa sodir bo’lganligini eshitdingiz, va siz ertani kutmay shu onning o’zida bitim tuzishingiz mumkin. Menda bir safar twitterda Yaponiyada zilzila bo’lganligi xaqida bilib qolgandim, bu xali yangiliklargayam chiqmagandi, shunda men va do’stim bunda juda katta pul ishlagandik. Xatto butun dunyo krizisi paytidayam forexda treyderlar foyda qilishgan.

Sizning boshlig’ingiz yo’q

Sizga xech kim buyruq bermaydi, xech kimga tobe bo’lmaysiz. Teskarisiga siz banklarga, brokerlarga bitim ochish uchun buyruq berasiz. Siz qilgan barcha bitimlar bu faqat sizning qobiliyatingiz va faqat sizning fikrlashingiz asosida kelib chiqqan. O’zingiz xoxlagan paytida ishlaysiz va xaftasiga atigi 5 kun. Forex xatto boshqa ish bilan shug’ullanadiganlar, xar turli kasb egalari uchun xam o’z mablag’larini ko’paytirish uchun qo’shimcha foyda manbai bo’lib kelmoqda.

Qanday valyutalar bilan savdo qilinadi?

Albatta eng ko’p savdo qilinadigan juftlik bu AQSH dollari va Evro dir, yani AQSH dollarini Evro ga yoki teskarisiga. Chunki bu valyutalar dunyoviy valyutalardir. Ko’p mamlakatlarning iqtisodiyoti ularga bog’liq. Shu paytning o’zida forex aktiv treyderlari britaniya funti, yaponiya iyenasi, shitsariya franki, kanada, avstraliya, yangi zelandiya dollarida bo’ladigan o’zgarishlar va qiziqarli xodisalarni kuzatib borishadi va savdo qilishadi, Va ozroq oltinda savdo qilishadi.

Xozirlikcha shu. Bu matn to’ldirib boriladi. Biz judayam hursandmiz Forex Uzbekistanda rivojlanayotganidan. Shuning uchun uzbek treyderlariga yordam berish uchun uzbek tilida Forex xaqida blog ochdik. Agar istak va savollaringiz bo’lsa yozib qoldiring. Keyingi yozmoqchi bo'lgan matnning mavzusi - Forexda qancha pul ishlab topsa bo'ladi? Shuni aytib o’tishimiz kerak, keyingi xaftadan boshlab 26 Mart, 2012 xaftalik va kundalik valyuta bashoratlari asosiy valyutalar uchun yozib boriladi. Forexda savdo qilish katta xatar bilan bog’likligini unutmang, blogimizning eng tagidagi ogohlantirishni o’qing.
Va albatta twitterda bizni follow qiling va soatlik yangilik va strategiyalarimizni kuzatib boring.
P.S. Xar bir yozib qoldiradigan izoh va sharhlaringiz uchun katta rahmat! Yozing albatta javob yozamiz. Sizga Omad tilab Forex Uz jamoasi treyderlari.
Forex Uz ni follow qiling