Показаны сообщения с ярлыком Tom Demark trend liniyalari. Показать все сообщения
Показаны сообщения с ярлыком Tom Demark trend liniyalari. Показать все сообщения

вторник, июля 24

Forex Strategiyasi | Tom Demark trend liniyalari bo’yicha

Salom xurmatli yangi va professional forex treyderlari! Forex Uz - Uzbekistan blogiga xush kelibsiz! Bugun sizga  forex strategiyalaridan biri bilan tanishtirmoqchimiz. Siz bu strategiyani  xoziroq Meta Trader 4 dasturiga o'rnatib ishlatishni boshlashingiz mumkin. Eslatib o'tamiz oldin xar bir strategiyani demo xisob raqamida ishlatib keyin ma'qul kelsa real xisobingizda xam qo'llashingiz mumkin. Bugun mana yangi Forex Strategiyalari ruknini ochdik! Tadam! ;) Xursandchilik qiling va albatta juda emas, xursandchilik meyyorida forexda ishlashda foydali. Forexda ishlash psixologiyasi xaqida kelgusi maqolalarimizda yozamiz. Bu maqolalar yozishni davom etishimiz sizning ishtirokingizga bog'liq, chunki biz Uzbekistandagi treyderlarga yordam bermoqchimiz, forexda yangilarga esa aniq yo'l ko'rsatmoqchimiz. Albatta bizni twitterda kuzatib boring @forex_uz . Mail agentdagi akkauntimizga faqat va faqat broker saylashda yordam so'rab murojaat qilishingiz mumkin uz-forex@mail.ru 
Tom Demark taniqli forex maslahatchisi va treyder. U ko’plab ro’yobga chiqgan bashoratlarni qilgan va uning texnik analzini kuzatib borishadi. Sizga uning strategiyalaridan birini xavola qilamiz. Bu forex strategiyasi juda oddiy lekin juda kuchli va daromad olish mumkin. Bu strategiya barcha valyuta juftliklarida ishlaydi. Va sindirib o’tish usuliga asoslangan. Kerakli barcha forex indikatorlarini va tayyor shablonni maqola oxirida olishingiz mumkin.
Qaysi indikatorlar kerak va ularning tuzilmalari:
   1. E
MA 9, EMA 30.
   2. Momentum
Indikatori.
   3. 1
soatlik grafik.
  
4. Tom Demark trend liniya indikatori.
Tom Demark trend liniyasi
Biz Tom Demark trend liniyasini chizish uchun tayyor indikatordan foydalanamiz, agar xoxlasangiz Tom Demark trend liniyasini chizish qoidalaridan foydalanib o’zingizam chizishingiz mumkin. Ammo keling bu bir xil ishni bizga indikator qilsin. Uning o’zi TD-nuqtalardan (Tom Demark nuqtalari) TD- trend liniyalari o’tkazadi (Tom Demark trend liniyalari).
Tom Demark trend liniyalari indikatorining tuzatmalarni ko’rib chiqamiz:
Commen – sharxlarni ko’rsatish yoki ko’rsatmaslik;
TD – TD-nuqtalarni ko’rsatish yoki yo’q;
TD_Line – TD trend liniyalarini ko’rsatish yoki yo’q;
Horiz_line – TD liniyasining xozirgi ko’rsatmasini gorizontal liniya bilan ko’rsatadi;
TakeProf – Maqsadlarni(Take Profitni) ko’rsatadi.

Bozorga kirish:
 
Sotib olish.
1. 9 EMA 30 EMA ni tepaga kesib o’tishi kerak.
2. Momentum 100 dan katta bo’lishi kerak.
3. Narh Tom Demark trend liniyasini tepaga kesib o’tishi kerak. Bozorga kirish trend liniyasini kesib o’tgandan keyin ochilgan yangi soat shamidan bo’lishi kerak (Sham haqiqatan ham Tom Demark trend liniyasini kesib o’tganligida amin bo’lish kerak).
















Sotish.
Huddi sotib olganday ammo teskarisiga.
1. 9 EMA 30 EMA ni pastga kesib o’tishi kerak.
2. Momentum 100 dan kichik bo’lishi kerak.
3. Narh Tom Demark trend liniyasini pastga kesib o’tishi kerak. Bozorga kirish trend liniyasini kesib o’tgandan keyin ochilgan yangi soat shamidan bo’lishi kerak (Sham haqiqatan ham Tom Demark trend liniyasini kesib o’tganligida amin bo’lish kerak).
 
EMA larning kesishishi Toma Demark trend liniyasini kesib o’tishdan oldin yoki keyin bo’lishi mumkin. Bozorga kirish uchun yuqoridagi 3 shart xam bajarilishi kerak.

Stop loss: 40 pips (punkt)

Maqsad (Take Profit): 40 dan 150 pipsgacha (punkt) xozirgi payt sharoyitidan va valyuta juftligi volatilligiga bog’liq.
O’zingizning stop lossingizni savdo yo’nalishida 10 pips (punkt) qadam bilan o’zgartirib boring. Bozor o’zining kunlik diapazonining 75% ini o’tgandan keyin stop lossni o’zgartirmang. Kunlik diapazonni Avg Daily Range indikatori orqali bilishingiz mumkin, uni o'rnatgandan keyin Current Day Range degan yozuv ekarnning chap yuqori joyida chiqadi, shu yerda u pips larda ifodalangan.
Agar siz trend o’zgarishi belgilarini ko’rsangiz (shamlar tuzilishi, yoki sizga qarshi yangiliklar) bitimni yoping. Agar xech qanday trend o’zgarishi belgilarini ko’rmasangiz unda take profit limitini yo’qating va narh bilan boravering, stop lossni o’zgartirishni unutmang.
MetaTrader 4 dasturiga indikatorlar, maslahatchilar va shablonlar qo'shishni mana bu maqoladan o'qib o'rganing
Fayllar:
Tom Demark trend liniyasi indikatori va tayyor shabloni (zip arxivda)
Kunlik diapazonni bilish uchun Avg Daily Range indikatori
Bizni twitterda follow qiling va iltimos maqolani agar sizga yoqgan bo'lsa facebookda like qiling :)
Forex Uz ni follow qiling