пятница, марта 30

Qanday qilib bugunoq Forex bozorida savdo qilishni boshlash mumkin? 1-qism

Forex brokerida ro'yhatdan o'tish va MetaTrader dasturini o'rnatish osonmi? -Xa! (1-qism)

Salom do'stlar! Ko'plab talablar tushgani sababli Forex yangilar uchun ruknidagi matnlarimizni davom ettiramiz. Forexda professionallar uchun e-mail orqali kuzatishga tafsiya qilamiz, chunki kelgusida juda daromadli va  amaliy strategiyalar, sistemalar, va bozorning xar qanday vaziyatida foyda olib keladigan taktikalarni yozamiz. Biz bilan forexda pul topishni o'rganing.

Bizning bu matnimizda sizga MetaTrader ni o'rnatish va darhol Forex bozorida demo-xisob orqali savdo qilishni boshlashni qadam-ba-qadam o'rgatamiz. Barcha qadamlarni quyidagi suratlar orqali bajaring. Va bizga sharh qoldiring savdoni boshlaganingizdan keyin.
Birinchidan biz forex brokerida ro'yhatdan o'tishimiz kerak. Biz biladigan eng yahshi broker bu - Alpari. Ishonavering, biz 5 ta eng mashxur brokerlar xizmatidan foydalanib ko'rganmiz.
  • Bu forex brokeri eng ishonchli - chunki kam emas 14 yiladn beri ishlayapti
  • 400 000 dan ortiq treyderlar ularning xizmatidan foydalanishadi
  • Juda sifatli savdo qilish sharoyitlarini yaratib beradi
  • Tez ishlaydi, bitimlar o'z vaqtida bajariladi
  • Pullarni vaqtida beradi
  • Mobil telefonlarda xam savdo qilish imkoniyatini beradi va xokazo. Juda yahshi sifatlari ko'p, shuning uchun keling ishimizga qaytamiz:
(Xar bir suratni bossangiz kattalashadi!)
1. Bizning web-sahifa chap tomonida joylashgan bannerga bosing, yoki mana bu www.alpari.ru adress orqali forex brokeri saytiga o'ting: 

2. Forex brokeridan ro'yhatdan o'tish uchun shu yerga bosing:

3.Quyidagi qadamlarni bajaring:

4.1 Bu qadamlarni barchasini astoyidil bajaring, ozroq qoldi :) "ID Представляющего брокера" maydoniga aynan ko'rsatilgan 1210240 raqamini yozishni esdan chiqarmang:
4.2Keyin mana bu oyna chiqadi u yerda "Перейти в Личный Кабинет" ni tanlab tugmani bosing

5. Mana siz forex brokerida ro'yhatdan o'tdingiz, endi demo-xisob raqam ochish kerak, shuning uchun quyidagi qadamlarni bajaring:

6. Demo-xisob raqami ochamiz:

7. Demo-xisob raqamining turini belgilaymiz:

8. Terilgan ma'lumotlarni tasdiqlaymiz:

9. Siz demo, ya'ni o'quv xisob raqam ochdingiz, endi bu ma'lumotlarni yahshilab yozib ko'chirib qo'yib, MetaTrader dasturini ko'chirib olamiz va uni ochib kompyuterimizga o'rnatamiz:

10. MetaTrader dasturini o'rnatamiz:

11. Siz MetaTrader dasturini o'rnatdingiz, endi unga o'zimizning login va parol orqali kirishimiz kerak, va serverni to'g'ri ko'rsatishni unutmang:

12. Endi MetaTraderni Russ tiliga o'tkazamiz, afsuski o'zbek tilida yo'q:

 Real hisob ochish uchun maslahatlarni magent da bepul olishingiz mumkin uz-forex@mail.ru, real hisob oching va bizning blogdan doimiy bepul foydalaning.
Mana siz uzoq yo'lni bosib eng yahshi forex brokerida xam ro'yhatdan o'tdingiz va MetaTrader dasturini xam o'rnatdingiz. Endi siz uchun Forex xalqaro valyuta bozorining barcha imkoniyatlari ochiq! Endi siz demo-xisob raqamida savdo ishlarini olib borishingiz mumkin. Bu MetaTraderni o'rnatish va ishlatish xaqidagi maqolaning birinchi qismi edi, kelgusi maqolada MetaTraderda qanday qilib savdo qilishni o'rgatamiz.
Sizga omad tilab Forex Uz jamoasi. Sizga xar doim yordam berishga tayyormiz do'stlar!
P.S. Albatta kunlik, soatlik maslahatlarni olish uchun bizning twitterdagi sahifamizni #follow qilishni unutmang. Bizni facebookda LIKE qiling.

Forex Uz ni follow qiling 

понедельник, марта 26

Forexda qancha pul ishlab topsa bo’ladi?


Forexda qancha pul ishlab topsa bo’ladi?
Foyda qanday aniq sabablarga bog’liq
Agarda savdo sistemasi yetarlicha konservativ bo’lsa, ya’ni doimiy foyda olishga qaratilgan bo’lsa, meyyordagi extiyotkorlik va xatarni qisqartiruvchi qattiq qoidalarga asoslangan bo’lsa, unda muvaffaqiyatli savdo qiluvchi treyderlar orasida oyiga o’rtacha 2-5% dan to 80-100% gacha foyda bo’lishi mumkin. Farq katta, chunki xar oy xam bir xil kelmaydi. Yuqori daromadli oylar soni yiliga 1-2 bo’lishi, eng kam foydali oylar 2-3 oy, qolganlari esa o’rtacha daromadli bo’lishi mumkin.
Bunday tarqoq natijalarga nima sabab bo’lishi mumkin? 
Birinchidan, kuchli va oson bashorat qilinuvchi xarakatlar ko’p yoki kam sodir bo’lishi mumkin. Yahshi imkoniyatli vaziyatli ayrim paytlari kuniga bir necha marta, ayrim xollari esa foydali bitimni xafta kutishga to’g’ri kelishi mumkin. Bundan tashqari baxoning qanchalikka ko’tarilishi yoki tushishi va ularning tezligiga bog’liq. Masalan, savdo qoidalariga asoslanib, eng yahshi baxo va eng qulay paytda tuzilgan bitim, bozorning bir sharoitida 500 dollar, boshqa sharoitida 2000 dollar daromad keltirishi mumkin. Shunday qilib, xatto treyderning savdoga bir xil qarashida xam, so’ngi natija qanday dir nisbatda bozorning xozirgi sharoiti bilan xam aniqlanadi.
Aktivroq savdo qilsamchi?
Daromadim miqdorini kopaytirishim mumkinmi? Va nima evaziga bunga erishish mumkin? Xamma narsa bo’masada, forex bozorida ko’p narsa treyderning o’ziga bog’liq. Albatta, foyda depozitning miqdoriga xam bog’liq. Agarda xisobingiz kichik bo’lsa, eng extiyotkor savdo taktikalarini ishlatishga va ko’pchilik potensial foydali bitimlarni o’tkazib yuborishga to’g’ri keladi. Katta xisoblar yahshi xajmlar bilan eng ishonchli bitimlarni tuzishga imkon beradi. Va, albatta, natija bo’lishi mumkin bo’lgan yo’qotishlarni cheklanishiga xam bog’liq. Bunaqa cheklanishlarni treyder o’ziga o’zi qo’yadi, o’zinging depozitiga qarab va shaxsiy iqtisodiy vaziyatiga qarab.
Yuqori daromadlik namunalari
Quyudagi namunalar men yahshi taniydigan broker tomonidan kuzatilgan:
Super-daromadlik namunalari xam bor: uncha ko’p bo’lmagan vaqt oldin, mijozimizdan birisi 2 xafta ichida 4000$ dan $54000 qildi.
Treyderlar tanlovining g’olibi: 11 aktiv savdo kuni ichida 449% ko’rsatgan.
Treyderlar tanlovining g’olibi: 15 kun ichida 513% ishlagan. $6600 dan $40487 qilgan.
Bunaqa namunalar juda kop. Kopincha professional treyderlar oz daromadi togrisida gapirishni yomon korishadi.Buning qatorida men xam :)


Va albatta twitterda bizni follow qiling va soatlik yangilik va strategiyalarimizni kuzatib boring. Agarda broker tanlash bo'yicha maslahat kerak bo'lsa murojat qiling. Chunki men aytib o'tgandek bu eng muxim va qiyin jarayonlardan biridir.
P.S. Xar bir yozib qoldiradigan izoh va sharhlaringiz uchun katta rahmat! Yozing albatta javob yozamiz. Sizga Omad tilab Forex Uz jamoasi treyderlari.
Forex Uz ni follow qiling

пятница, марта 23

Forex bu nima?


Forex xaqida qisqacha ma'lumot

Forex(Foreign Exchange Market) – xalqaro valyuta birjasi, bu erda bir valyuta sotib olinadi va boshqa valyutaga sotiladi. Bu dunyoning eng katta bozordir.

 Agar olib qarasak Forexni juda katta pul ayriboshlash shaxobchasiga o’xshatish mumkin, bu erda xohlagan bir sutkada 24 soat, xaftasiga 5 kun istagan mamlakat valyutasida bitim o’tkazishi mumkin, juda yahshi imkoniyatlar evaziga. Xoxlagan internet bor joyda, dunyoning xoxlagan burchagida savdo qilishingiz mumkin. Buning uchun noutbuk, mobil telefon, turg’un kompyuter, cho’ntak kompyuteri, iPad ishlatishingiz mumkin.

Dunyodagi eng katta bozor - Forex

Xalqaro valyuta birjasining kunlik xajmi 2-5 trillion AQSH dolliriga teng. Xaftalik xajmi esa AQSHning yoki EvropaBirlashmasining yillik YIM(yalpi ichki mahsulot)iga deyarli teng. Shunday qilib, Forex – dunyoning eng katta bozori. Iqtisod qonunlaridan biri aytadi: Savdo xajm qanchalik ko’p bo’lsa bashorat xam shunchalik aniq bo’ladi.

Pastga tushish ko’tarilishdan xech yomon emas

Forexda chegarasiz xar qanday valyutaning o’sishida xam, pastga tushishida xam pul ishlash mumkin. Ya’ni faqatgina yaqin orada baxosi ko’tariladigan valyutani sotib olishgina emas, yana arzonlaydi deb o’ylagan valyutani sotish orqali xam foyda olishingiz mumkin. Shuni aytib o’tamizki buning uchun siz tushayotgan valyutani oldindan sotib olishingiz shart emas. Siz bankga oddiy buyruq berasiz va u o’zinging rezerv mablag’i xisobiga siz kursatgan valyutani sotadi.

Valyuta baxosining tebranishlari uncha katta emasku?

Bu xaqiqatan xam shunday. Lekin xozirgi zamon savdo sharoitlari forexdagi xar bir mijozga o’z mab’lag’idan ko’p marta katta bo’lgan xajmlar bilan savdo qilishga imkoniyat yaratadi. Sizning xisobingizda 2000$ bo’lib 100ming dollardan ortiq qiymatga ega bitimlar tuzishingiz mumkin. Bunaqa xizmat bir necha soat, minut xatto sekund davomida sezilarli daromad olish imkoniyatini beradi. Albatta, xar qanday katta foydali bitim singari bu xam proporcional ravishda katta darajadagi bilan bog’liq. Bular broker sizga ko’rsatgan elkaga bog’liq. Bu xaqda malumotni keyingi blog postlarimda keltiraman.

Bitimlar juda tez bajariladi

Xar bir bitim, sotishga yoki olishga shu zahotning o’zida, yoki bir necha soniya ichida bajariladi. Bu sizga valyutaning juda kichik tebranishlarida xam sizga maqul bo’lgan baxodan sotib yoki sotib olib foyda olish imkoniyatini beradi. Masalan siz kechasi qaysidir mamlakatning prezidentini ishdan ketganini yoki biron bir mamlakatda urush yoki xar qanday sezilarli muxim xodisa sodir bo’lganligini eshitdingiz, va siz ertani kutmay shu onning o’zida bitim tuzishingiz mumkin. Menda bir safar twitterda Yaponiyada zilzila bo’lganligi xaqida bilib qolgandim, bu xali yangiliklargayam chiqmagandi, shunda men va do’stim bunda juda katta pul ishlagandik. Xatto butun dunyo krizisi paytidayam forexda treyderlar foyda qilishgan.

Sizning boshlig’ingiz yo’q

Sizga xech kim buyruq bermaydi, xech kimga tobe bo’lmaysiz. Teskarisiga siz banklarga, brokerlarga bitim ochish uchun buyruq berasiz. Siz qilgan barcha bitimlar bu faqat sizning qobiliyatingiz va faqat sizning fikrlashingiz asosida kelib chiqqan. O’zingiz xoxlagan paytida ishlaysiz va xaftasiga atigi 5 kun. Forex xatto boshqa ish bilan shug’ullanadiganlar, xar turli kasb egalari uchun xam o’z mablag’larini ko’paytirish uchun qo’shimcha foyda manbai bo’lib kelmoqda.

Qanday valyutalar bilan savdo qilinadi?

Albatta eng ko’p savdo qilinadigan juftlik bu AQSH dollari va Evro dir, yani AQSH dollarini Evro ga yoki teskarisiga. Chunki bu valyutalar dunyoviy valyutalardir. Ko’p mamlakatlarning iqtisodiyoti ularga bog’liq. Shu paytning o’zida forex aktiv treyderlari britaniya funti, yaponiya iyenasi, shitsariya franki, kanada, avstraliya, yangi zelandiya dollarida bo’ladigan o’zgarishlar va qiziqarli xodisalarni kuzatib borishadi va savdo qilishadi, Va ozroq oltinda savdo qilishadi.

Xozirlikcha shu. Bu matn to’ldirib boriladi. Biz judayam hursandmiz Forex Uzbekistanda rivojlanayotganidan. Shuning uchun uzbek treyderlariga yordam berish uchun uzbek tilida Forex xaqida blog ochdik. Agar istak va savollaringiz bo’lsa yozib qoldiring. Keyingi yozmoqchi bo'lgan matnning mavzusi - Forexda qancha pul ishlab topsa bo'ladi? Shuni aytib o’tishimiz kerak, keyingi xaftadan boshlab 26 Mart, 2012 xaftalik va kundalik valyuta bashoratlari asosiy valyutalar uchun yozib boriladi. Forexda savdo qilish katta xatar bilan bog’likligini unutmang, blogimizning eng tagidagi ogohlantirishni o’qing.
Va albatta twitterda bizni follow qiling va soatlik yangilik va strategiyalarimizni kuzatib boring.
P.S. Xar bir yozib qoldiradigan izoh va sharhlaringiz uchun katta rahmat! Yozing albatta javob yozamiz. Sizga Omad tilab Forex Uz jamoasi treyderlari.
Forex Uz ni follow qiling

понедельник, марта 19

Forex Olamiga Xush Kelibsiz!

Salom Forex olamiga endi qadam qo'yayotgan va professional treyderlar! Bu blogni boshlashimizdan maqsad bu shalkashib ketish oson bo'lgan, o'ta mukammal va juda riskli dunyoda o'z yo'lingizni topishda, o'z strategiyangizni yaratishda yordam berish. Oldindan aytamiz, BU YO'L OSON EMAS! Lekin agar sizning o'zingizga ishonchingiz va Forex olamida professional doimiy daromad oladigan treyder bo'lishga istagingiz bo'lsa - SIZ maqsadingizga erishasiz! Omad sizga!