пятница, марта 23

Forex bu nima?


Forex xaqida qisqacha ma'lumot

Forex(Foreign Exchange Market) – xalqaro valyuta birjasi, bu erda bir valyuta sotib olinadi va boshqa valyutaga sotiladi. Bu dunyoning eng katta bozordir.

 Agar olib qarasak Forexni juda katta pul ayriboshlash shaxobchasiga o’xshatish mumkin, bu erda xohlagan bir sutkada 24 soat, xaftasiga 5 kun istagan mamlakat valyutasida bitim o’tkazishi mumkin, juda yahshi imkoniyatlar evaziga. Xoxlagan internet bor joyda, dunyoning xoxlagan burchagida savdo qilishingiz mumkin. Buning uchun noutbuk, mobil telefon, turg’un kompyuter, cho’ntak kompyuteri, iPad ishlatishingiz mumkin.

Dunyodagi eng katta bozor - Forex

Xalqaro valyuta birjasining kunlik xajmi 2-5 trillion AQSH dolliriga teng. Xaftalik xajmi esa AQSHning yoki EvropaBirlashmasining yillik YIM(yalpi ichki mahsulot)iga deyarli teng. Shunday qilib, Forex – dunyoning eng katta bozori. Iqtisod qonunlaridan biri aytadi: Savdo xajm qanchalik ko’p bo’lsa bashorat xam shunchalik aniq bo’ladi.

Pastga tushish ko’tarilishdan xech yomon emas

Forexda chegarasiz xar qanday valyutaning o’sishida xam, pastga tushishida xam pul ishlash mumkin. Ya’ni faqatgina yaqin orada baxosi ko’tariladigan valyutani sotib olishgina emas, yana arzonlaydi deb o’ylagan valyutani sotish orqali xam foyda olishingiz mumkin. Shuni aytib o’tamizki buning uchun siz tushayotgan valyutani oldindan sotib olishingiz shart emas. Siz bankga oddiy buyruq berasiz va u o’zinging rezerv mablag’i xisobiga siz kursatgan valyutani sotadi.

Valyuta baxosining tebranishlari uncha katta emasku?

Bu xaqiqatan xam shunday. Lekin xozirgi zamon savdo sharoitlari forexdagi xar bir mijozga o’z mab’lag’idan ko’p marta katta bo’lgan xajmlar bilan savdo qilishga imkoniyat yaratadi. Sizning xisobingizda 2000$ bo’lib 100ming dollardan ortiq qiymatga ega bitimlar tuzishingiz mumkin. Bunaqa xizmat bir necha soat, minut xatto sekund davomida sezilarli daromad olish imkoniyatini beradi. Albatta, xar qanday katta foydali bitim singari bu xam proporcional ravishda katta darajadagi bilan bog’liq. Bular broker sizga ko’rsatgan elkaga bog’liq. Bu xaqda malumotni keyingi blog postlarimda keltiraman.

Bitimlar juda tez bajariladi

Xar bir bitim, sotishga yoki olishga shu zahotning o’zida, yoki bir necha soniya ichida bajariladi. Bu sizga valyutaning juda kichik tebranishlarida xam sizga maqul bo’lgan baxodan sotib yoki sotib olib foyda olish imkoniyatini beradi. Masalan siz kechasi qaysidir mamlakatning prezidentini ishdan ketganini yoki biron bir mamlakatda urush yoki xar qanday sezilarli muxim xodisa sodir bo’lganligini eshitdingiz, va siz ertani kutmay shu onning o’zida bitim tuzishingiz mumkin. Menda bir safar twitterda Yaponiyada zilzila bo’lganligi xaqida bilib qolgandim, bu xali yangiliklargayam chiqmagandi, shunda men va do’stim bunda juda katta pul ishlagandik. Xatto butun dunyo krizisi paytidayam forexda treyderlar foyda qilishgan.

Sizning boshlig’ingiz yo’q

Sizga xech kim buyruq bermaydi, xech kimga tobe bo’lmaysiz. Teskarisiga siz banklarga, brokerlarga bitim ochish uchun buyruq berasiz. Siz qilgan barcha bitimlar bu faqat sizning qobiliyatingiz va faqat sizning fikrlashingiz asosida kelib chiqqan. O’zingiz xoxlagan paytida ishlaysiz va xaftasiga atigi 5 kun. Forex xatto boshqa ish bilan shug’ullanadiganlar, xar turli kasb egalari uchun xam o’z mablag’larini ko’paytirish uchun qo’shimcha foyda manbai bo’lib kelmoqda.

Qanday valyutalar bilan savdo qilinadi?

Albatta eng ko’p savdo qilinadigan juftlik bu AQSH dollari va Evro dir, yani AQSH dollarini Evro ga yoki teskarisiga. Chunki bu valyutalar dunyoviy valyutalardir. Ko’p mamlakatlarning iqtisodiyoti ularga bog’liq. Shu paytning o’zida forex aktiv treyderlari britaniya funti, yaponiya iyenasi, shitsariya franki, kanada, avstraliya, yangi zelandiya dollarida bo’ladigan o’zgarishlar va qiziqarli xodisalarni kuzatib borishadi va savdo qilishadi, Va ozroq oltinda savdo qilishadi.

Xozirlikcha shu. Bu matn to’ldirib boriladi. Biz judayam hursandmiz Forex Uzbekistanda rivojlanayotganidan. Shuning uchun uzbek treyderlariga yordam berish uchun uzbek tilida Forex xaqida blog ochdik. Agar istak va savollaringiz bo’lsa yozib qoldiring. Keyingi yozmoqchi bo'lgan matnning mavzusi - Forexda qancha pul ishlab topsa bo'ladi? Shuni aytib o’tishimiz kerak, keyingi xaftadan boshlab 26 Mart, 2012 xaftalik va kundalik valyuta bashoratlari asosiy valyutalar uchun yozib boriladi. Forexda savdo qilish katta xatar bilan bog’likligini unutmang, blogimizning eng tagidagi ogohlantirishni o’qing.
Va albatta twitterda bizni follow qiling va soatlik yangilik va strategiyalarimizni kuzatib boring.
P.S. Xar bir yozib qoldiradigan izoh va sharhlaringiz uchun katta rahmat! Yozing albatta javob yozamiz. Sizga Omad tilab Forex Uz jamoasi treyderlari.
Forex Uz ni follow qiling

7 sharhlar:

Unknown комментирует...

Qo'rqmasdan fikringizni, o'qigandan keyin nimani xis qilganingizni yoki o'ylaganingizni yozavering. Bu yerga yozsa xech kim xapa qilmaydi :) Barcha o'qiganlar uchun omad!

Anvar комментирует...

man yaqindan forexga qiziqib qoldim. lekin unda ishlashga uncha chunmayanman. roboforex da registratsiyadan o'tdim, meta tradre4 ni skachat qvoldim. lekin uni ishlatishga uncha chunmayanman. O'rgatishni iloji bormi. bzadayam uni o'rgatish uchun kursga o'xshagan joyla ochilganmi. javob uchun oldindan rahmat.

Unknown комментирует...

Salom Anvar! Xa bizada bor ishlatishni o'rgatadigan kurslar, bu siz qaysi shaxardanligingizga xam bog'liq. Agarda bir oz kutsangiz blogimizda xam Metatraderda ishlash bo'yicha yozamiz. Yaqinda online webinar tashkil qilmoqchimiz, buning uchun yahshi internet tezligingiz bo'lishi kerak. Tez tez kirib turing. Rahmat.

Jahongir комментирует...

Salom bu blogni ochib yaxshi ish qibsila,Yangila uchun Meta trader da o`quv mashqi o`tkazish haqida eshitganman shu to`g`rimi agar mashq o`tkazib bo`lsa bu xafsizmi shu xaqda malumot bersangiz.
Oldindan rahmat

Unknown комментирует...

Salom Jahongir, xa Meta traderda o'quv xisobini(demo xi) ochsa bo'ladi, xa bu xavfsiz. Shu blogning o'ng tomonida Alpari brokerining banneri bor shu orqali kirib
Личный Кабинет / Зарегистрироваться ni bosib, Зарегистрировать:
на физическое лицо deb o'zingizni e-mailingizni yozing keyin esa meta treyderni yuklab oling. Agar yordam kerak bo'lsa biz skypeda: forexuzbek , twitterda: @forex_uz , va mail agentda: uz-forex@mail.ru Omad!

Unknown комментирует...

Jahongir, MetaTraderni qanday qilib o'rnatish va savdo qilishni boshlash to'g'risida maqola yozdik, o'qib darhol boshlashingiz mumkin - http://forexuzb.blogspot.com/2012/03/qanday-qilib-bugunoq-forex-bozorida.html

Анонимный комментирует...

Forexda qancha pul ishlab topsa bo'ladi? Digitan matin yozmoqchidilar qachon yozasizlar kutib qolamiz. Kamol