вторник, июля 24

Forex Strategiyasi | Tom Demark trend liniyalari bo’yicha

Salom xurmatli yangi va professional forex treyderlari! Forex Uz - Uzbekistan blogiga xush kelibsiz! Bugun sizga  forex strategiyalaridan biri bilan tanishtirmoqchimiz. Siz bu strategiyani  xoziroq Meta Trader 4 dasturiga o'rnatib ishlatishni boshlashingiz mumkin. Eslatib o'tamiz oldin xar bir strategiyani demo xisob raqamida ishlatib keyin ma'qul kelsa real xisobingizda xam qo'llashingiz mumkin. Bugun mana yangi Forex Strategiyalari ruknini ochdik! Tadam! ;) Xursandchilik qiling va albatta juda emas, xursandchilik meyyorida forexda ishlashda foydali. Forexda ishlash psixologiyasi xaqida kelgusi maqolalarimizda yozamiz. Bu maqolalar yozishni davom etishimiz sizning ishtirokingizga bog'liq, chunki biz Uzbekistandagi treyderlarga yordam bermoqchimiz, forexda yangilarga esa aniq yo'l ko'rsatmoqchimiz. Albatta bizni twitterda kuzatib boring @forex_uz . Mail agentdagi akkauntimizga faqat va faqat broker saylashda yordam so'rab murojaat qilishingiz mumkin uz-forex@mail.ru 
Tom Demark taniqli forex maslahatchisi va treyder. U ko’plab ro’yobga chiqgan bashoratlarni qilgan va uning texnik analzini kuzatib borishadi. Sizga uning strategiyalaridan birini xavola qilamiz. Bu forex strategiyasi juda oddiy lekin juda kuchli va daromad olish mumkin. Bu strategiya barcha valyuta juftliklarida ishlaydi. Va sindirib o’tish usuliga asoslangan. Kerakli barcha forex indikatorlarini va tayyor shablonni maqola oxirida olishingiz mumkin.
Qaysi indikatorlar kerak va ularning tuzilmalari:
   1. E
MA 9, EMA 30.
   2. Momentum
Indikatori.
   3. 1
soatlik grafik.
  
4. Tom Demark trend liniya indikatori.
Tom Demark trend liniyasi
Biz Tom Demark trend liniyasini chizish uchun tayyor indikatordan foydalanamiz, agar xoxlasangiz Tom Demark trend liniyasini chizish qoidalaridan foydalanib o’zingizam chizishingiz mumkin. Ammo keling bu bir xil ishni bizga indikator qilsin. Uning o’zi TD-nuqtalardan (Tom Demark nuqtalari) TD- trend liniyalari o’tkazadi (Tom Demark trend liniyalari).
Tom Demark trend liniyalari indikatorining tuzatmalarni ko’rib chiqamiz:
Commen – sharxlarni ko’rsatish yoki ko’rsatmaslik;
TD – TD-nuqtalarni ko’rsatish yoki yo’q;
TD_Line – TD trend liniyalarini ko’rsatish yoki yo’q;
Horiz_line – TD liniyasining xozirgi ko’rsatmasini gorizontal liniya bilan ko’rsatadi;
TakeProf – Maqsadlarni(Take Profitni) ko’rsatadi.

Bozorga kirish:
 
Sotib olish.
1. 9 EMA 30 EMA ni tepaga kesib o’tishi kerak.
2. Momentum 100 dan katta bo’lishi kerak.
3. Narh Tom Demark trend liniyasini tepaga kesib o’tishi kerak. Bozorga kirish trend liniyasini kesib o’tgandan keyin ochilgan yangi soat shamidan bo’lishi kerak (Sham haqiqatan ham Tom Demark trend liniyasini kesib o’tganligida amin bo’lish kerak).
















Sotish.
Huddi sotib olganday ammo teskarisiga.
1. 9 EMA 30 EMA ni pastga kesib o’tishi kerak.
2. Momentum 100 dan kichik bo’lishi kerak.
3. Narh Tom Demark trend liniyasini pastga kesib o’tishi kerak. Bozorga kirish trend liniyasini kesib o’tgandan keyin ochilgan yangi soat shamidan bo’lishi kerak (Sham haqiqatan ham Tom Demark trend liniyasini kesib o’tganligida amin bo’lish kerak).
 
EMA larning kesishishi Toma Demark trend liniyasini kesib o’tishdan oldin yoki keyin bo’lishi mumkin. Bozorga kirish uchun yuqoridagi 3 shart xam bajarilishi kerak.

Stop loss: 40 pips (punkt)

Maqsad (Take Profit): 40 dan 150 pipsgacha (punkt) xozirgi payt sharoyitidan va valyuta juftligi volatilligiga bog’liq.
O’zingizning stop lossingizni savdo yo’nalishida 10 pips (punkt) qadam bilan o’zgartirib boring. Bozor o’zining kunlik diapazonining 75% ini o’tgandan keyin stop lossni o’zgartirmang. Kunlik diapazonni Avg Daily Range indikatori orqali bilishingiz mumkin, uni o'rnatgandan keyin Current Day Range degan yozuv ekarnning chap yuqori joyida chiqadi, shu yerda u pips larda ifodalangan.
Agar siz trend o’zgarishi belgilarini ko’rsangiz (shamlar tuzilishi, yoki sizga qarshi yangiliklar) bitimni yoping. Agar xech qanday trend o’zgarishi belgilarini ko’rmasangiz unda take profit limitini yo’qating va narh bilan boravering, stop lossni o’zgartirishni unutmang.
MetaTrader 4 dasturiga indikatorlar, maslahatchilar va shablonlar qo'shishni mana bu maqoladan o'qib o'rganing
Fayllar:
Tom Demark trend liniyasi indikatori va tayyor shabloni (zip arxivda)
Kunlik diapazonni bilish uchun Avg Daily Range indikatori
Bizni twitterda follow qiling va iltimos maqolani agar sizga yoqgan bo'lsa facebookda like qiling :)
Forex Uz ni follow qiling 

12 sharhlar:

Анонимный комментирует...

Blog alo darajada , lekin bir narsani tushunmadim "Bozor o’zining kunlik diapazonining 75% ini o’tgandan keyin stop lossni o’zgartirmang" shuni tshuntir bersangiz hursand bolardik . Sizlardan iltimos blogni tashlab qoymang . Keyin Fibo uroveni qanday ishlatiladi . qizil linyani qayeriga qoyish kerak ?

Unknown комментирует...

Rahmat! Kunlik diapazon Avg Daily Range indikatori yordamida topiladi. Maqolaga qarang, yangilab indikatorniyam qo'shib qo'ydik. Bu indikator kunlik yurishi mumkin bo'lgan pips larni ko'rsatadi. U o'rtacha kunlarning yurigan narhlarini pipslarda xisoblaydi.
Qizil liniyani xech qaerga qo'ymaysiz, uni Tom Demark trend liniyasi indikatorining o'zi siz uchun yozadi, siz faqat uni kesib o'tishini kutasiz.
Fibo urovnilarni kelgusi maqolalarimizda yozib o'tamiz.
Iltimos bu blog xaqida treyderlarga, do'stlaringizga tarqating, qancha ishtirok ko'p bo'lsa biz shuncha ko'p maqolalar yozamiz. Bizga forex da savdo qilishning o'ziyam yetadi, ammo ulashilmagan bilim bu befoyda bilim dir. ;)

Анонимный комментирует...

Bugun EURUSD H1 da narxlar tez kotarilib ketdi 1 svecha 100 pips ga kotarilib ketdi . Bunga nima sabab boldi db oylaysiz . ForexFactory.com dan qaradim hech qanday yangilik u vaqt chiqmagan ekan

Unknown комментирует...

Iltimos ismingizni yozib sharh qoldiring. Bugun soat 14:30 dan boshlab Evropa markaziy Banki prezidenti Mario Draghi gapirdi televideniya orqali. U evroni qanday bo'lmasin 17 davlat orasida kuchini saqlashni aytib o'tdi va ko'plab muxim o'zgarishlar to'g'risida gapirdi. Bu Evro ni kuchini oshishiga va Dollarning kuchini pasayishiga olib keldi. Forexfactorida bular bor edi.

Анонимный комментирует...

assalomu aleykom

Анонимный комментирует...

Assalomu aleykom forex jamosi, men ham ozgina bolsada forex tushunchasiga egaman, biroq bu menga kamli qiladi sizlardan forex bozorida asosan nimalarga e'tibor berish kerak shu togrisada tushuncha berishlaringizni sorayman.

Unknown комментирует...

Salom, agar xoxlasangiz distantsion ya'ni masofaviy o'quv markazini maslahat berishim mumkin, magentga yozing. Va bizning blogni kuzating maqolalarni o'qing shunda javob olasiz, bu faqat bir narsa emas.

Анонимный комментирует...

indikatorlardan qanday qilib foydalanishni bilolmayamman chuqurroq tushuntirib bersangizlar hursand bolardim. tushunishim boyicha tom demark indikatori bozorda savdo qilishga yordam beradi shundaymi? hamma vaht ham foyda keltiradimi

Unknown комментирует...
Этот комментарий был удален автором.
Unknown комментирует...

Qizil liniya qanday topiladi shablonda yo'q ekan !

Unknown комментирует...

Blogda berilgan shablon va indikatorlarni o'z MT4 ingizga yuklang

Анонимный комментирует...

rasmdagi ko'k liniya 9 EMAmi?