четверг, августа 9

SMA108 | Forex Strategiyasi

Salom xurmatli bizning blog o’quvchilari va albatta bizning ID orqali ro’yhatdan o’tayotgan treyderlar! Biz O’zbekiston treyderlariga va endigina forex dunyosiga qadam bosayotgan do’stlarimiz uchun yana bir ajoyib forex strategiyasi tayyorlab qo’ydik! Forex Uz – Uzbekistan jamoasi sizni oldindan kirib kelayotgan mustaqilligimizning 21 yillik bayrami bilan chin qalbidan tabriklaydi! Davlatimiz va prezidentimizga bizga berayotgan biznes va oily ta’lim yo’nalishlaridagi imkoniyatlaridan minnatdormiz! Shu yillar mobaynida bizning mamlakatmizda ko’plab ijobiy va juda katta turmush tarzini yahshilashga qaratilgan ishlar bo’lib o’tdi. Bayramingiz bilan aziz vatandoshlar!
Biz albatta sizning sharhlaringizni kutib qolamiz!! :-)
Biz twitterda: @forex_uz va magentda faqat broker tanlashda va real xisob ochishda yordam olish uchun uz-forex@mail.ru
Shuni aytib o'tish kerak: Bu Forex strategiyasi judayam tavakkali kuchli bo'lib, agar depositingizda kam miqdorda mablag' bo'lsa ishlatish tavsiya qilinmaydi.

Demak, quyidagi forex strategiyasi – SMA108 deb nomlanadi, SMA degani Simple Moving Average va 108 uning ko’rsatkichidir. Esingizdami LOST- seriali, yani "Остаться в Живых". SHu serialda raqamlar bor edi: 4 + 8 + 15 + 16 + 23 + 42 = 108. Mo'jizakor va sirli raqamlar! Albatta ularning bu strategiyaga xech dahli yo'q :)

SMA108 Forex Strategiyasi - bu oddiy trendga bog’liq bo’lgan forex strategiyasi bo’lib, 2-ta forex indikatori signaliga asoslangan: MA(Moving Average) ya’ni o’rtacha o’zgaruvchilarning kesisishiga va bozor sessiyalari cho’qqilari ya’ni ekstremumlariga asoslangan.
Valyuta juftligi: EURUSD
Vaqt davri: 1 soatlik
MetaTrader 4 dasturiga yuklash uchun indikator va shablon ya’ni tayyor ko’rinishni maqola tagida topishingiz mumkin.


Qanday indikatorlar talab qilinadi va ularning tuzilmalari:
1.    MetaTrader 4 grafikiga birinchi navbatda 1H(1 soatlik) EURUSD grafikini yuklaymiz va unga oddiy o’rtacha o’zgaruvchini joylashtiramiz SMA(108) + unga qo’shimcha sathlar(uroven) qo’shamiz: 140, 240, 350 va teskarisi -140, -240, -350; va SMA ni open ya’ni narhning ochilishiga berkitamiz. Agar shablonni o’zini joylasangiz bularning xammasi siz uchun yuklangann bo’ladi, darhol bozorga kirish joyiga o’tavering.
2.    Ya’na grafikga i-ParamonWorkTime indikatorini yuklaymiz – bu indikator bizga qaysi vaqt oralig’ida muvingni(o’rtacha o’zgaruvchi, MA) narh(sham) kesib o’tishini topishimiz uchun kerak bo’ladi, va sessiyalar(bozor sessiyalari) ekstremumlari(eng yuqori va pastki narhlari)ni topishga yordam beradi. Bizga kerak vaqt oraliqlari(interval) grafikda kulrang bilan belgilangan.


•    DIQQAT: Intervallarning chizilishi GMT 18.00 dan 9.00 gacha(!!!)
•    Alpari uchun bu: 21.00-12.00 gacha MT4 (MetaTrader 4) terminal vaqti bo’yicha(GMT +3)
•    Forex4you uchun: 20.00-11.00 gacha MT4 (MetaTrader 4) terminal vaqti bo’yicha(GMT +2)
•    Boshqa brokerlar uchun o’zingiz toping!
 

Menimcha shablonni joylashtirgan bo’lsangiz kerak (maqola tagida topishingiz mumkin), endi forex bozoriga SMA108 strategiyasi bilan kirish qoidalari bilan tanishamiz:

Bozorga kirish:

 
Sotib olish


1.    Narh SMA108 muvingini Osiyo sessiyasida (kulrang interval) kesib o’tsa va faqat shu kesib o’tish yo’nalishida (ya’ni pastdan tepaga) savdo qilamiz (!)
2.    Agar aynan shu sessiya paytida narh muvingni pastdan tepaga kesib o’tsa va u xatto yana muvinga qarab yana qaytsa xam, savdo uchun 3 ta kechiktirilgan bitim - Buy Stop ochamiz, barchasa bir xil lot xajmli. Buy Stop Osiyo + Tinchlik okeani sessiyasi eng tepa cho’qqisiga 5-10 pips (punkt) qo’yib ochamiz.
3.    Stop-loss ni shu kulrang intervalda xosil bo’lgan eng pastki nuktadan pastda yoylaymiz (shu kungi Osiyo + Tinchlik okeani sessiyasidan pastda)
4.    Teyk-profit ya’ni maqsadni qo’ymaymiz, lekin agar narh biz tanlagan tomonga yo’nalsa unda foydani fiksatsiya qilib boramiz o’rtacha o’zgaruvchilarda(muving): 140, 240, 350. Birinchi bitimni 140 sathida, ikkinchisini 240, uchinchisini 350 sathda berkitamiz.
5.    Birinchi bitim yopilganidan, qolgan ikkita bitimni zararsiz joyga o’tkazamiz(ya’ni stop-loss ini bitim ochilgan narhga + spred o’tkazamiz) ! Va agar narh 70 pips foydaga o’tsa xam uni zararsiz joyga o’tkazamiz. Va kutamiz nima sodir bo’lishini.
6.    Agarda narh ya’na 108SMA ga qaytsa u zararsiz joyda turibdimi yoki foydadami, xozirgi narh bo’yicha bitimni yopamiz! Ammo agar muvinga zarar bilan ya’ni –pips lar bilan qaytsa unda faqat stop-loss bo’yicha yopammiz!!!



Sotish uchun qoidalar teskarisi!

SMA108 Strategiyasiga qo’shimcha qoidalar:
1)    Agarda narh muvingni kesib o’tib, kesib o’tish tomonga 80-90 pips (punkt) o’tsa, unda bitimni ochmaymiz
2)    Sutka davomida ochilmagan bitimlarni keyingi kulrang chiziq chiqishidan oldin (Keyingi kun 18.00 GMT) yo’qatamiz.
3)    Bu strategiyani boshqa valyuta juftliklarida ham qo’llash mumkin, ammo siz ularga muvingni xususiyatlarini o’zingiz tanlashingiz kerak!
4)    Barcha bitimlar yopilmaguncha toza bitim ochilmaydi! Xatto yana bozorga kirishga signallar chiqsa ham, zararsiz joyga kelguncha xech bo’lmasa.
5)    Money-menejment qoidalarga rioya qilishni maslahat beramiz, agar olmoqchi bo’lgan teyk-profit stop-lossdan 2 yoki 3 marta ko’p bo’lsa bitimni oching agar kam bo’lsa yahshilab o’ylab ko’ring!

SMA108 Strategiyasi shuni ma’lum qiladiki bu strategiya yilning boshidan to Iyungacha foyda 2000 punktdan oshgan, ishlagan stop-losslar soni esa atigi 2 ta bo’lgan (!)
Kerakli fayllarni mana bu ssilkalardan olishingiz mumkin:

Bizni twitterda kuzating, va xar soat kerakli yanigliklar, forex signallari va strategiyalaridan xabardor bo'lib turing. 

Agar bizning blogimiz orqali eng ishonchli brokerda ro'yhatdan o'tsangiz doimiy eng foydali forex strategiyalari, kunlik va xaftalik texnik va fundamental analizlar, MetaTrader 4 dasturining 1000 dan ortiq indikatorlaridan iborat xar bir treyder uchun zarur ma'lumotlarni olib turishingiz mumkin! BUnday imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Bir oz fursatdan keyin blogimiz pullik bo'ladi, ro'yhatdan o'tganlarga bepul! 
Broker tanlashda yordam uchun va real xisob raqam ochish uchun, pullarni qanday kiritish va olish uchun uz-forex@mail.ru ga magentda murojaat qiling va so'rang. Sog' bo'ling! Ro'yhatdan o'tish uchun pastdagi rasmga bosing.

Forex Uz ni follow qiling

17 sharhlar:

ZiYoD комментирует...

Man mana bu joyiga tushunmadim : unga qo’shimcha sathlar(uroven) qo’shamiz: 140, 240, 350 va teskarisi -140, -240, -350; va SMA ni open ya’ni narhning ochilishiga berkitamiz. Buni qanday qoshamiz .

Unknown комментирует...

Siz shablonni ya'ni tayyor ko'rinishni blogda yozilgani kabi o'rnatsangiz bo'ldi. Ularning barchasi o'zi chiqadi ekranga shunda. Agar bunda ham bo'lmasa yozing. Mana bu maqolada qanday qilib o'rnatish tushuntirilgan: http://forexuzb.blogspot.com/2012/07/metatrader-4-dasturiga-indikatorlar.html
Keyin MetaTrader ga kirib EURUSD 1soatlikni ochib o'ng tomonini bosib sichqonchani "Шаблоны" yoki "Templates" degan joyidan tanlaysiz shu strategiyaning shablonini.

ZiYoD комментирует...

Manda bunaqa bovoti hamasini tori qildm
[URL=http://www.radikal.ru][IMG]http://s017.radikal.ru/i424/1208/e7/2ec89c0f0ed1.jpg[/IMG][/URL]

ZiYoD комментирует...

http://s017.radikal.ru/i424/1208/e7/2ec89c0f0ed1.jpg mana adres screnshotga

Unknown комментирует...

Menimcha siz shablonni almashtirib yuborgansiz, forex4you niki alohida va Alpariniki alohida edi. Sizning brokeringizda EURUSD narhni ko'rsatganda 4 sonli bo'lsa unda forex4you nikini qo'ying agar 5 sonli bo'lsa Alparinikini qo'ying. Agar to'g'ri bo'lsa yozib qoldiring.

ZiYoD комментирует...

Ikkala ssilkada bita adresu bitta narsekan ikkalasi alpariniki . MM ga qattiq rioya qilasizmi u haqida ham maqola boladimi yaqin orada . Rahmat !

Unknown комментирует...

Ha rahmat aytganingiz uchun, ssilka xato ekan, endi ko'ring to'girlab qo'ydik. http://dump.uz/downloadf-319bf323261-zip.html

MaFiX комментирует...

plusiminus.com dan Alpari ni korudim yomon kamentlar kopakan oylanib qoldm bu broker bilan ishlasami db . Oziz investor parolini berib ispotlen forexda pul ishlasizi prosta quru gapladan odam charchadi . ID partner nomeridan % ishlamohchi db oylidi odamla .

Unknown комментирует...

Salom, plusminus dagi ma'lumot xaqiqatligini kim kafolat beradi? faqat bir treyder shuni maslahat bergani uchunmi? Nima sizningcha brokerni ishonchliligini va yahshiligini isbotlaydi? Bonuslarmi? Yo'q. Buni uning qancha vaqtdan buyon mavjudligi, va klientlari soni isbotlaydi. Alpari esa barchasidan oldin tashkil topgan va klientlar soni eng ko'pi, va ko'plab treyderlar ancha yildan buyon shu broker bn ishlashadi, men xam shu jumladan.

MaFiX комментирует...

Forex.com chi Alpari , InstaForex va yana boshqalari ulani boshqaradigan miliy korparatsiya ili mashinga oxshagani joylar yoq . Chet el brokerlarini Fondoviy qanaqadir joylar boshqarib turadi . Lekin ulayam 100 % chestniymas . Haqiqiy forex bozorida 1/4 dan kop kr.plecho bermidi u yam bosa pulga 10 % oladi yelkaga . Usha Alparidan sorab korinchi litsenziya , haq huquqlari bormikan . Keyin manda bita savol bor bilsez etvorin Forexda topilgan pul ozi halolmi ? Forexda kimdir pul yutsa kimdur uni yutqazadi aniqrog'i siz yutsez broker ozini pulini sizga beradi . Kim ozini pulini berib qoyishi holidi . Mashnaqa boganidan keyin forumlada stopimi urvoti unaqa bunaqa bozorda yoq narxda yopti .

Unknown комментирует...

MaFiX, Alpari va boshqalari bular Brokerlar va dilingoviy Centerlar, va ular brokerlik xizmatlarini olib borishadi, Men aytib o'tganimdey Forex brokerini tanlashda eng asosiysi bu: qancha paytdan buyon bozorda o'z xizmatlarini olib boradi, qancha treyderlar ular bilan ishlaydi va qanaqa sharoyitlarni treyderga beradi, mana shular eng muximlari. Kreditniy plechoga kelsak, bu brokerlarda ham depositga qo'ygan pulingizga qarab u kamaya boradi, chunki broker sizni bozorga kirishingizni o'z mablag'i evaziga kredit plechoni ko'paytirib sizning savdo qilishingiz mumkin bo'lgan pulni oshiradi, bu sizga faqat foyda beradi! Litsenziya, yuridik adreslari va 100lab davlatlarda filiallari bor. Keyingi masala, ha halol! Siz forexda hech qanaqa oson pul topmaysiz, forexda pul topish juda katta mehmnat va o'z ustida izlashni talab qiladi, musilmonlar uchun "swapfree" xisob raqamlari bor, bu ya'ni kechasiga foiz ishlamaydi, chunki musilmonchilikda foiz bu xaromdir. Stopni urish masalasida esa, menda Alpari bilan bunaqasi bo'lmagan, EXNESS bilan ko'p no'lgan. Ishingizga omad! Agar o'rganmoqchi bo'lsangiz biz hamisha tayyormiz savob ishlar qilishga!

Unknown комментирует...

Va yana bir gap, plusminus dagi ma'lumotlar xaqiqatdan yiroq, biz juda ko'p brokerlar bilan ishlab ko'rganmiz, va aniq bittasini tanlashda ancha izlanishlar olib borganmiz, ammo xammasi o'zizga bog'liq, xoxlagan brokeringiz bilan ishlayvering agar sizga maqul kelsa, biz esa Alparini maslahat beramiz. Ha, yana, bonuslarga uchmang!!! Bu faqat qopqondagi pishloq ;)

sweep комментирует...

Forex_uz swap free hisob raqami Alpari brokerida bormi ?

Unknown комментирует...

Sweep, ha swap free hisob raqam bor.

Sweep комментирует...

Forex_uz qancha deposit bilan boshlagan maqul . 100 bilan boshlasa oyiga 20-40 $ qolarkan MM ga rioya qilganholda . Oziz qanchadan boshlagansiz ?

Анонимный комментирует...

Salom foreks. Man foreksga juda qiziqib qoldim. O`quv kurslari haqida malumot bersangiz. Oldindan rahmat. Javobingizni kutib qolaman hurmat b\n mvasidova@mail.ru

Unknown комментирует...

Sweep, hohlagan mablag' bn boshlashingiz mumkin, men 500 bn boshlaganman.

mvasidova@mail.ru, o'quv kurslarini biz aytganday Smart Forex online o'quv markazidan kutib qoling, ular distancion o'quv kurslari tashkil qilishyapti, saytida yaqinda chiqishi kerak.