четверг, января 31

"Hukmdor" forex strategiyasi bilan kunlik grafiklarda g'alaba qozon

Hukmdor

Hukmdor foreks strategiyasi

Assalomu alaykum, Forex Uz - Uzbekistan blogi qatnashchilari! Bugungi sizga taqdim qiladigan forex strategiyasi kunlik grafiklarda savdo qilishga mo'ljallangan. Bu strategiya vaqti zid treyderlar uchun mo'ljallangan, chunki bitta signalni kunlar orasida kutishga to'g'ri keladi. Vaqti zid treyderlar uchun "Hukmdor". Biz mail.ru da: uz-forex@mail.ru va twitterda: @forex_uz

"Hukmdor" foreks strategiyasi tavsifi

Dastur: Metatrader 4
Valyuta juftligi: har qanday
Vaqt davri(Timeframe): D1
Savdo qilish vaqti: Kuniga bir marta, kunlik sham yopilganidan keyin
Tavsiya etilayotgan brokerlar: Alpari

Nimaga e'tibor berish kerak

  1. Strategiya asosi - gorizontal sathlar(liniyalar). Albatta Gorizontal qarshilik va quvvat quvvatlash sathlari haqida o'rganing va e'tiborga oling.
  2. "Hukmdor" forex strategiyasi diskretsion strategiya hisoblanadi, ya'ni aniq bozorga kirish va chiqish qoidalarga ega bo'lmagan, ammo savdoga kirish uchun ko'plab belgilar mavjud.

Muhim joylari

  1. Gorizontal liniyalardan qaytishda bozorga kiramiz.
    Qarshilikda faqat sotamiz, qo'llab quvvatlash liniyasida faqat sotib olamiz.
  2. Bitimni faqat 10SMA dan sham kesib o'tib yopilgandan keyin ochamiz.
    Narh yaqqol 10SMA(Simple Moving Avarage, ya'ni "Oddiy o'rtacha sirpanuvchi") kesib o'tgandan keyin bozorga keramiz.
  3. Foyda miqdori.
    Eng yaqin qo'llab quvvatlash/qarshilik liniyasigacha yoki 200SMA gacha ancha masofa bo'lishi kerak.
  4. Foydani belgilab qo'yamiz va foydaga o'sishga imkoniyat beramiz
Hukmdor forex strategiyasi D1 grafiki
EURUSD, D1


Bozorga kirish

  1. Bozorga faqat qo'llab quvvatlash/qarshilik liniyasida kiramiz.
  2. Agar eng yaqin 200SMA yoki qo'llab quvvatlash/qarshilik liniyalarigacha masofa yaqin bo'lsa.
  3. Bozorga sham yopilganidan keyin yoki shamning yarim tanasida kirish mumkin, yoki 10SMA ga qaytganda kirish mumkin.
  4. Shamning aniq 10SMA tepasi/pastida yopilishini kutamiz.
  5. Ikkita order bilan kiramiz

Stop-loss(zararni to'htatish)

Stop-lossni bozorga kirishda foydalangan qo'llab quvvatlash/qarshilik liniyasi pasti/tagidan qo'yamiz.

Bozordan chiqish

  1. Birinchi orderni yopamiz.
    Birinchi orderni foyda 100 punktga yetganda berkitamiz. Birinchi orderni yopgandan keyin ikkinchi orderni zararsiz xolatga va +5 punktga o'tkazib qo'yamiz.
  2. Ikkinchi orderga iloji boricha ko'proq foyda olishiga xarakat qilamiz. *Ikkincih orderga 200SMA ga TakeProfit qo'yamiz yoki eng yaqin qo'llab quvvatlash/qarshilik liniyalarida yopamiz. Agarda TakeProfitga ozgina yetmay qolsa bitimni yopamiz.
  3. 10SMA ni kuzatamiz *Agarda narh 10sma ni qarama qarshi tomonga kesib o'tib yopilsa va bu paytda biz ancha foydada bo'lsak, unda bozordan chiqamiz. Bozorga kirgandan keyin(boshida), 10sma ga e'tibor bermaymiz.

1. "Hukmdor" forex strategiyasi fayllarini yuklab olish

2. MetaTrader 4 dasturiga indikatorlar, maslahatchilar va shablonlarni qanday qilib yuklashni mana shu maqola orqali tanishing

Forex Uz ni twitterda kuzating

4 sharhlar:

Unknown комментирует...

Agarda tushunmagan savollaringiz bo'lsa izoh qoldiring va biz albatta javob beramiz. Ishingizda omad!

Анонимный комментирует...
Этот комментарий был удален администратором блога.
bruceleemaster комментирует...

Hech shu forexni o'rgana olmadim

Unknown комментирует...

Tez kunlarda video bilan tushintirishlar qo'shamiz, shunda o'rganish osonroq bo'ladi